O'zbekiston

Marg‘ilondagi maktabda ayolni do'pposlagan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Dastlab erkak ayolning farzandini urayotgan bo‘lgan.

Marg‘ilondagi maktabda ayolni do'pposlagan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilondagi maktabda erkak bir ayolni urayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 2-mart kuni fuqaro M.K. Marg‘ilon shahar, Istiqlol mahallasidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 5-sinfida o‘qiydigan o‘g‘li M.E.ni ko‘rgani borgan vaqtida, fuqaro J.X. uning farzandini do‘pposlab urayotganligini ko‘rib, ajratmoqchi bo‘lgan. Biroq, fuqaro J.X. bezorilik harakatlarini davom ettirib, M.K. va M.E. ni badanining turli joylariga urib, qasddan tan jarohati yetkazgan.

 

Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan J.X.ga nisbatan Marg‘ilon shahar IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev Buxorodagi “Nigora” toʻqimachilik korxonasiga tashrif buyurdi

Bu yerda 840 nafar xodim ish bilan taʼminlangan bo'lib, ularning aksariyatini ayollar tashkil etadi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Xattotlik maktabi tashkil etildi

Xattotlik maktabi nafaqat ta’lim muassasasi, balki ilmiy-tadqiqot va madaniy markaz sifatida faoliyat yuritadi.

custom img

Xonandalar uchun yangi soliq tizimi: jamoatchilik muhokamasi yakunlandi

Muhokama jarayonida loyiha yuzasidan 130 ta taklif va mulohaza kelib tushgan.

custom img

Toshkentda xodimlariga daydi topishni buyurgan IIB amaldori ishdan bo‘shatildi

U daydi topolmagan xodimlarga qarindoshi yoki o‘zini “daydi” sifatida rasmiylashtirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

custom img

“Media haftalik”ning yana bir bosqichi Xorazmda yakunlandi

Dastur davomida ishtirokchilar media sohasiga oid nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalarni ham egalladi.

custom img

2026–2027 o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul tartibi tasdiqlandi

Qabul jarayonlari onlayn platformalar orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

custom img

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olgan shaxslar qo‘lga olindi

Katta miqdordagi oltin saqlovchi rudalar va maxsus uskunalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi aeroport loyihasi bilan tanishdi

Yangi aeroport va unga tutash infratuzilma uchun shahar tashqarisidan 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"