Milliy dastur platformasi endi barcha foydalanuvchilar uchun ochiq
Platforma xorijiy tillarni yuqori malakali mutaxassislardan o‘rganish imkonini beradi.

Milliy dastur doirasida ishlab chiqilgan ta’lim platformasi milliydastur.uz endi barcha o‘quvchilar uchun ochiq bo‘ldi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, platforma xorijiy tillarni o‘rganishga mo‘ljallangan video darslarni taklif etadi. Ushbu resurslar dastlab “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi ishtirokchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, endi barcha undan foydalanishi mumkin.
Shuningdek, platforma bitiruvchi sinflar o‘rtasida amalga oshirilayotgan “Language for the future” loyihasi doirasida ham qo‘llanilmoqda.
Platformada IELTS va SAT kabi xalqaro imtihonlarga tayyorgarlik uchun video darslar joylashtirilgan bo‘lib, ular barcha foydalanuvchilar uchun bepul taqdim etilmoqda.







