O'zbekiston

Namanganda Telegram orqali bolalar pornografiyasini tarqatgan shaxs qo‘lga olindi

U guruh a’zolaridan 8–10 ming so‘mgacha pul talab qilib, noqonuniy kontentni 120 nafar foydalanuvchiga tarqatgan.

Namanganda Telegram orqali bolalar pornografiyasini tarqatgan shaxs qo‘lga olindi

Namanganda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Telegram messenjeri orqali voyaga yetmaganlar ishtirokidagi pornografik materiallarni tarqatgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat ichki ishlar organlari matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Namangan tumanida yashovchi fuqaro messenjer ilovasida maxsus guruh tashkil etib, unda voyaga yetmaganlar ishtirokidagi pornografik materiallarni namoyish etish va tarqatish bilan shug‘ullangan.

 

Aniqlanishicha, gumonlanuvchi guruh a’zolaridan har biri uchun bank kartasiga 8 mingdan 10 ming so‘mgacha pul o‘tkazib berishni talab qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u mazkur noqonuniy materiallarni jami 120 nafar foydalanuvchiga tarqatgan.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 130-moddasi 3-qismi (pornografik mahsulotlarni ishlab chiqarish, olib kirish, tarqatish, reklama qilish yoki namoyish etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Namanganda Telegram orqali bolalar pornografiyasini tarqatgan shaxs qo‘lga olindi | Zamon.uz