O'zbekiston

O‘zbekiston Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi o‘zgardi

Tojiyev Odiljon Fotihjon o‘g‘li O‘zbekiston Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi o‘zgardi

O‘zbekiston Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi etib, Sherzodxon Tojiddinxon o‘g‘li Qudratxo‘janing o‘rniga Tojiyev Odiljon Fotihjon o‘g‘li tayinlandi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Odiljon Fotihjon o‘g‘li Tojiyev davlat boshqaruvi tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Jumladan, u Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Qonunchilik palatasi Spikerining raqamli rivojlanish va axborot siyosati masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ko‘p yillar samarali ish olib borgan.

 

O.Tojiyev jamoatchilik bilan faol ishlaydigan, OAV sohasidagi qonunchilikni chuqur biladigan, axborot siyosati va raqamli rivojlanish yo‘nalishlarida katta tajribaga ega mutaxassis sifatida tanilgan. 

 

Shuningdek, u zamonaviy media maydonda ochiq muloqot madaniyatini rivojlantirish, media sohasini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi o‘zgardi | Zamon.uz