O'zbekiston

O‘zbekiston qalbaki dorilar aylanmasiga qarshi kurash keskin kuchaytiriladi

O‘tgan yil davomida 57 mingdan ortiq kontrafakt dorilar aniqlangan, 21 turdagi xorijiy dorilar O‘zbekistonga kirishi to‘xtatilgan.

O‘zbekiston qalbaki dorilar aylanmasiga qarshi kurash keskin kuchaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni farmatsevtika sohasini rivojlantirish va sifatsiz dorilar aylanmasiga qarshi kurashni kuchaytirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

 

Davlat rahbari dorilarning noqonuniy aylanmasi bo‘yicha giyohvand va psixotrop moddalarga qarshi olib borilayotgan qat’iy choralar kabi keskin kurash olib borilishini ta’kidladi. Qayd etilishicha, o‘tgan yil davomida 57 mingdan ortiq ro‘yxatdan o‘tmagan kontrafakt dorilar aniqlangan va natijada 21 turdagi nufuzli xorijiy kompaniya o‘z dorilarini O‘zbekistonga yetkazishni to‘xtatgan.

 

Prezident shuningdek, sifatsiz va qalbaki dorilar savdosi uchun javobgarlikni oshirish bo‘yicha yangi qonun loyihasini ishlab chiqish muhimligini ta’kidladi.

 

Yig‘ilishda farmatsevtika sohasidagi ilmiy salohiyat ham ko‘rib chiqildi. Hozirda 6 ta ilmiy-tadqiqot institutida 300 dan ziyod olimlar faoliyat yuritmoqda, yiliga esa 1 mingga yaqin yoshlar farmatsevtika oliygohlarini tamomlamoqda. Shu bilan birga, sanoat va ilm-fan o‘rtasidagi uzilish muammosi qayd etildi.

 

Shu munosabat bilan Kimyo-farmatsevtika, Vaksina va zardoblar hamda Sharq tabobati institutlari negizida Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi. Institut Toshkent farma park hududida joylashib, olimlarga klinikoldi, bio va kimyo laboratoriyalari hamda 250 o‘rinli xalqaro klinik tadqiqotlar markazi orqali ilmiy ishlarga imkon yaratadi.

 

Prezident Mirziyoyev farmatsevtika sohasini modernizatsiya qilish va xorijiy sarmoyalarni jalb qilish borasidagi ishlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.