O'zbekiston

Qatarda kruiz kemasida bo‘lgan 71 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

Dohada qiyin ahvolga tushib qolgan 91 nafar O‘zbekiston fuqarosi elchixona vakillari yordamida uy-joy bilan ta’minlandi.

Qatarda kruiz kemasida bo‘lgan 71 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

Yaqin Sharq mintaqasida keskinlik kuchayishi fonida Qatarda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Dohada turli sabablarga ko‘ra qolib ketgan 91 nafar O‘zbekiston fuqarosi Qatar turizm tashkiloti bilan kelishilgan holda vaqtincha turar joy bilan ta’minlangan. 4 mart kuni O‘zbekiston elchixonasi vakillari vatandoshlar bilan uchrashib, ularga zarur amaliy va axborot ko‘magini ko‘rsatgan.

 

Elchi Ashraf Xo‘jayev Doha portiga tashrif buyurib, Celestine Cruises kemasida bo‘lgan 71 nafar o‘zbekistonlik bilan uchrashdi. Suhbat davomida ularga yuzaga kelgan vaziyat va vatanga qaytarish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berildi. 

 

Elchixona xodimlari Grand Regal Hotel, Hampton by Hilton Doha Old Town, Jouri Al Murwab Hotel hamda Retaj Al Rayyan Hotel mehmonxonalariga tashrif buyurib, u yerda vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolar haqida ma’lumot to‘pladi va ularning ro‘yxatini shakllantirdi. Bu ehtimoliy evakuatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish uchun zarur ekani qayd etildi.

 

Ayni paytda Qatar havo hududi yopiq qolmoqda. Mamlakatda bo‘lib turgan xorijiy sayyohlar qo‘shimcha rasmiy ma’lumotlarni kutmoqda.

 

Yaqin Sharqdagi keskinlik sabab 28 fevraldan boshlab O‘zbekiston shaharlaridan Dubay, Sharja, Madina, Doha, Jidda, Tel-Aviv, Tehron va Kuvayt yo‘nalishlaridagi aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatilgan. Natijada Kuvayt, Isroil, Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAda bo‘lgan ayrim O‘zbekiston fuqarolari vatanga qayta olmay qolgan.

 

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan Fors ko‘rfazi mamlakatlarida qolib ketgan fuqarolarni vatanga qaytarishni tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Transport vazirligi rezident va xorijiy aviakompaniyalar bilan hamkorlikda aniq rejalar ishlab chiqdi. Jarayonlarni muvofiqlashtirish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligi huzurida 24/7 rejimida ishlaydigan shtab tashkil etilgan.

 

4 mart kuni Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Tamim bin Hamad Al Tani bilan telefon orqali muloqot qilib, Qatarda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari xavfsizligini ta’minlash va ularni vatanga qaytarish uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Qatarda kruiz kemasida bo‘lgan 71 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi | Zamon.uz