Jahon

Tolibon Qandahorda Pokistonning 7 ta harbiy postini egalladi

Biroq Islomobod ushbu ma’lumotlarni hozircha tasdiqlagani yo‘q.

Tolibon Qandahorda Pokistonning 7 ta harbiy postini egalladi

Tolibon ma’muriyati Mudofaa vazirligi “Radd az-Zulm” (“Zulmga qarshi kurash”) nomli operatsiya davomida Qandahor viloyati hududida Pokiston harbiylariga tegishli yettita chegara posti nazoratga olinganini e’lon qildi.

 

Afg‘oniston tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, operatsiyada 205-“Al-Badr” korpusining 6-chegara brigadasi ishtirok etgan. Harbiylar postlarni egallab, u yerdagi qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni musodara qilgani, Pokiston harbiy xizmatchilari orasida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar borligi aytilmoqda. Biroq Islomobod ushbu ma’lumotlarni hozircha tasdiqlagani yo‘q.

 

Vaziyat so‘nggi kunlarda keskinlashgan. Avvalroq Pokiston kuchlari Kobul, Qandahor va chegara hududlaridagi ayrim nishonlarga havo zarbalari bergan edi. Pokiston tomoni bu hujumlarni Tehrik‑e Tolibon Pokiston (TTP) jangarilari joylashgan lagerlarga qarshi “G‘azab lil-Haq” (“Haqiqat uchun g‘azab”) operatsiyasi doirasida amalga oshirilganini ma’lum qilgan.

 

Jangovar harakatlar davom etayotgan bir paytda, xalqaro tashkilotlar va BMTning Afg‘onistondagi missiyasi — UNAMA tinch aholi orasida qurbonlar soni ortib borayotganidan xavotir bildirmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 4-mart holatiga eskalatsiya boshlanganidan beri kamida 42 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, 100 dan ortiq kishi jarohatlangan.

 

Ayni paytda Durand chizig‘i bo‘ylab bir nechta hududlarda to‘qnashuvlar davom etmoqda. Xususan, Xost viloyati, Paktika viloyati va Kunar viloyati hududlarida vaziyat keskinligicha qolmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tolibon Qandahorda Pokistonning 7 ta harbiy postini egalladi | Zamon.uz