O'zbekiston

Toshkent–Samarqand yo‘nalishida 150 km/soat tezlikda harakatlanishga imkon beruvchi avtomagistral quriladi

Besh yil ichida barpo etiladigan magistral eng yuqori texnik va xavfsizlik standartlariga javob beradi.

Toshkent–Samarqand yo‘nalishida 150 km/soat tezlikda harakatlanishga imkon beruvchi avtomagistral quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev transport sohasini modernizatsiya qilishga qaratilgan yirik loyihalar doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

 

Taqdimot davomida Toshkent – Samarqand yo‘nalishida yangi zamonaviy avtomagistral qurish loyihasi ko‘rib chiqildi. Umumiy uzunligi 282 kilometr bo‘lgan yo‘lning 140 kilometrlik uchastkalarida tuproqni mustahkamlash ishlari amalga oshiriladi, shuningdek, 12 ta transport yechimi, 91 ta ko‘prik va 16 ta yo‘l o‘tkazgich qurilishi rejalashtirilgan. Yo‘l Ia toifali bo‘lib, har biri 3,75 metr kenglikdagi oltita harakat tasmasi bilan jihozlanadi va loyihaviy tezligi soatiga 150 kilometr etib belgilangan.

 

Shuningdek, Toshkent – Angren – Qamchiq dovoni yo‘nalishida 171 kilometrlik muqobil avtomobil yo‘li qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yo‘lda 33 kilometrlik tonnellar va yirik muhandislik inshootlari barpo etiladi.

 

Prezidentga loyihalar uchun moliyalashtirish manbalari va xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar haqida axborot berildi. Avtomagistrallarni loyihalashda zamonaviy transport muhandisligi yechimlari, intellektual boshqaruv va monitoring tizimlari joriy etilishi, harakat xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilishi belgilandi.

 

Shuningdek, Toshkent – Chorvoq va Urganch – Xiva yo‘llari qurilishi ham muhokama qilindi.

 

Taqdimotda Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish loyihasining asosiy parametrlari ko‘rib chiqildi: 208,4 ming kvadrat metrlik yo‘lovchi terminali, 4 kilometr uzunlikdagi ikkita uchish-qo‘nish yo‘lagi, yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish va 169 ta havo kemasi uchun avtoturargoh tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Prezident Mirziyoyev mutasaddilarga loyihalarni texnik va iqtisodiy jihatdan puxta tayyorlash, qurilish ishlarini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish hamda transport infratuzilmasining uzoq muddat barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkent–Samarqand yo‘nalishida 150 km/soat tezlikda harakatlanishga imkon beruvchi avtomagistral quriladi | Zamon.uz