O'zbekiston

O‘zbekistonda ilk bor qon plazmasidan inson albumini ishlab chiqarish boshlanadi

Viloyat hokimliklari tomonidan jami 2,5 milliard dollarlik farmatsevtika loyihalari bo‘yicha takliflar tayyorlangani ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda ilk bor qon plazmasidan inson albumini ishlab chiqarish boshlanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida farmatsevtika tarmog‘iga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida joriy yilda 1 milliard dollarlik yangi loyihalarni shakllantirib, ishga tushirish zarurligi qayd etildi.

 

Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimliklari tomonidan jami 2,5 milliard dollarlik farmatsevtika loyihalari bo‘yicha takliflar tayyorlangan. Ushbu loyihalar hisobiga yiliga 1 milliard dollarlik import o‘rnini bosuvchi dorilarni ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.

 

Xususan, Andijon viloyatida 203 million dollarlik 16 ta loyiha amalga oshirilishi reja qilinmoqda. Jumladan, 30 million dollarlik loyiha doirasida O‘zbekistonda ilk bor qon plazmasidan inson albumini ishlab chiqarish boshlanishi ko‘zda tutilgan.

 

Shuningdek, yig‘ilishda Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari tomonidan taklif etilgan loyihalarning umumiy qiymati 100 million dollarga ham yetmagani aytildi.

 

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda ilk bor qon plazmasidan inson albumini ishlab chiqarish boshlanadi | Zamon.uz