Jahon

Dubayda atigi 10 kunga yetadigan oziq-ovqat mahsulotlari qoldi

Yaqin Sharqdagi mojaro Dubay va boshqa shaharlarda oziq-ovqat yetkazib berishga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Dubayda atigi 10 kunga yetadigan oziq-ovqat mahsulotlari qoldi

Yaqin Sharqdagi davom etayotgan mojaro global savdo oqimlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Heute nashrining ma'lum qilishicha, logistika sohasidagi yetakchi kompaniya Kühne + Nagel bosh direktori Stefan Pol ma’lumotlariga ko‘ra, global havo yuk tashish bozori hozirda o‘z quvvatining taxminan 18 foizini yo‘qotgan.

 

Dubaydagi yangi oziq-ovqat mahsulotlari faqat atigi 10 kunga yetadi, deb ogohlantiradi Pol. Vaziyat ayniqsa yangi mahsulotlar – meva va sabzavotlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin, chunki mintaqadagi ko‘plab davlatlar importga juda bog‘liq. Agar mojaro uzoq davom etsa, logistika menejerining so‘zlariga ko‘ra, ta’minot zanjirida jiddiy uzilishlar yuzaga kelishi mumkin.

 

Nazariy jihatdan Saudiya Arabistoni orqali transportni amalga oshirish mumkin bo‘lsa-da, mavjud imkoniyatlar bir konteyner kemasining yukini qoplash uchun yetarli emas. Bunday kema odatda 20 000 tagacha konteyner tashiy oladi – bu hajmni avtomobil transporti bilan qoplash deyarli imkonsiz.

 

Yevropada hozircha urush ta’siri nisbatan cheklangan bo‘lib, faqat energiya narxlari sezilarli darajada oshgani va ta’minot zanjirlarida ba’zi uzilishlar kuzatilgan. Dubay va boshqa yirik savdo markazlarida do‘konlar yopiq yoki minimal xodimlar bilan ishlamoqda, bu esa biznes va turizm sohalariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Dubayda atigi 10 kunga yetadigan oziq-ovqat mahsulotlari qoldi | Zamon.uz