Jahon

Eronga men aytgan rahbar tayinlanadi — Tramp

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Eron Oliy rahnamosi sifatida Xomanaiyning o‘g‘li tayinlanishiga qarshi chiqdi.

Eronga men aytgan rahbar tayinlanadi — Tramp

AQSH prezidenti Donald Tramp Axios nashriga bergan intervyusida Eronda hokimiyat tepasiga marhum oliy rahnamo Ali Xomanaiyning o‘g‘li kelishiga qarshiligini bildirdi va yangi rahbarni tanlash jarayonida shaxsan ishtirok etishini ma’lum qildi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Oyatulloh Xomanaiyning o‘g‘li Mujtabo Xomanaiy Vashington uchun ma’qul bo‘lmagan nomzod hisoblanadi. Prezident Erondagi avvalgi siyosatni davom ettiradigan har qanday vorisning tayinlanishiga AQSH qarshi ekanini ta’kidladi va agar unga ma’qul nomzod tayinlanmasa, Qo‘shma Shtatlar besh yil ichida yana urush boshlashga to‘g‘ri kelishini bildirdi.

Mujtabo Xomanaiy 28-fevral kuni otasi vafotidan so‘ng asosiy rahnamolik uchun nomzod bo‘lib qolgan. Yangi rahbarni Eron Ekspertlar assambleyasi saylashi kerak bo‘lib, 4-mart kuni assambleya a’zosi Mahmud Rajabi jarayon allaqachon boshlanganini ma’lum qilgan.

Hozirda mamlakatni uch kishidan iborat muvaqqat kengash boshqarmoqda: Mas’ud Pezeshkiyon, sud hokimiyati rahbari G‘ulom Husayn Muhsiniy-Ejeiy va Oyatulloh Orif.

Ekspertlar va nashrlar, jumladan The New York Times, Mujtabo Xomanaiyning tayinlanishi mamlakat ichida norozilik va shia ruhoniylari tomonidan qarshilikka sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. 

Isroil esa Eronda avvalgi siyosatni davom ettiruvchi yangi rahbar “yo‘q qilish uchun nishon” bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eronga men aytgan rahbar tayinlanadi — Tramp | Zamon.uz