Jahon

Isroil Bayrutni bombardimon qildi: Eronga qarshi urush ko‘lami kengaydi

Isroil “Hizbulloh”ni yo‘q qilish uchun Livanga hujum qilmoqda.

Isroil Bayrutni bombardimon qildi: Eronga qarshi urush ko‘lami kengaydi

Juma kuni Isroil Bayrutning janubiy tumanlarini bombardimon qilgan va butun hududni evakuatsiya qilishni buyurgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, bu harakat Isroil va AQSH bir hafta oldin boshlagan Eronga qarshi urushni sezilarli darajada kengaytirishga olib keldi.

 

Isroil Bayrutdagi bombardimonni Eron bilan aloqador “Hizbulloh” shialar militsiyasini yo‘q qilish maqsadida kuchaytirgani aytilmoqda. “Hizbulloh” 1980-yillardan beri Livan siyosatida kuchli ta’sirga ega bo‘lib, ayni hafta oyatulloh Ali Xominaiyning o‘limiga javoban Isroilga qarshi o‘t ochgan.

 

Isroil armiyasi butun tun davomida Bayrutga 26 ta zarba berganini va Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “Hizbulloh” qo‘mondonlik markazlari va qurol saqlash omborlari nishonga olinganini ma’lum qildi.

 

“Biz ko‘chalarda uxlashga majbur bo‘ldik — ba’zilar mashinada, ba’zilari ko‘chada, ba’zilar plyajda,” — dedi 43 yoshli bayrutlik Jamal Seyfeddin. U Bayrutning janubiy tumanlaridan qochib, poytaxt markazidagi ko‘chalarda tungi soatlarni o‘tkazgan. 

 

Isroil tarix davomida Livanga bir necha bor tahdid qilgan, eng so‘nggi marta 2024-yilda “Hizbulloh”ni zaiflashtirgan bombardimon kampaniyasini amalga oshirgan edi. Ammo juma kunidagi zarbalar Bayrutdagi urush tarixida oldingi tajribalar bilan solishtirganda misli ko‘rilmagan darajada kuchli bo‘lgani aytilmoqda.

 

Isroil aholini Bayrutning janubiy hududini tark etishga chaqirgan. Avvalgi kampaniyalarda faqat kichik hududlarda evakuatsiya talab qilingan edi. Bayrutni bombardimon qilish bilan bir vaqtda Isroil Tehrondagi infratuzilmani nishonga olish maqsadida Eronga qarshi yangi zarbalar berishni boshlagan.

 

Isroil hududida ham portlashlar eshitilib, Isroil mudofaa tizimi Erondan kelayotgan zarbalarni yo‘q qilishga harakat qilgan. Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Tel-Aviv markazini nishonga olgan raketa va dron operatsiyasini amalga oshirganini ma’lum qilgan.

 

Shuningdek, tungi soatlarda Eron dronlari Qatar, Al-Udeyd AQSH aviabazasini ham nishonga olgan, bu Yaqin Sharqdagi eng yirik AQSH bazasi hisoblanadi. Qatarlik rasmiylar jabrlanuvchilar yo‘qligini bildirgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.