O'zbekiston

Jizzaxda 22,6 mlrd aliment undirildi, 122 nafar qarzdor topildi

Joriy yil boshidan buyon 900 dan ziyod ijro hujjati tamomlangan.

Jizzaxda 22,6 mlrd aliment undirildi, 122 nafar qarzdor topildi

Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasining hududiy bo‘limlari ish yurituvida bolalarning moddiy taʼminoti va aliment undiruvi bilan bog‘liq 14 mingga yaqin ijro hujjatlari mavjud. Joriy yil boshidan buyon ularning 900 dan ziyodi tamomlangan va tugatilgan.

 

Joriy yilning o‘tgan davrida voyaga yetmaganlar foydasiga 22,6 mlrd so‘m miqdorida aliment qarzdorligi undirildi.

 

Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 263 nafar qarzdor shaxsga nisbatan maʼmuriy ishlar qo‘zg‘atilib, ko‘rib chiqish uchun sudlarga yuborildi. Shuningdek, maʼmuriy jazodan tegishli xulosa chiqarmay, aliment to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagan 8 nafar qarzdorga nisbatan joriy yilning yanvar–fevral oylarida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borildi.

 

Shu bilan birga, aliment to‘lovlarini to‘lamasdan qasddan bo‘yin tovlagani uchun muqaddam qidiruv eʼlon qilingan 323 nafar qarzdordan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 122 nafari aniqlandi.

 

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.