O'zbekiston

Jizzaxda aliment to‘lamagan ota mashinasidan ayrildi

Maʼlumotlarga ko‘ra, uning alimentdan qarzi 20 million so‘mga yetgan.

Jizzaxda aliment to‘lamagan ota mashinasidan ayrildi

Ayrim ota-onalar farzand taʼminoti masʼuliyatni unutib, avtomashina minib yurishdan ko‘ra farzandlarining taʼminotini taʼminlash muhimroq ekanligini anglab yetmaydilar.

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning qaroriga ko‘ra, qarzdor A.A.dan undiruvchi S.Ch. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Zomin tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

 

Ijro harakatlari davomida A.A.ning alimentdan qarzi 20 million so‘mga yetganligi aniqlandi. Tegishli tashkilotlarga yuborilgan so‘rovnomalardan so‘ng, qarzdorga tegishli Matiz rusumli avtomashinasi borligi maʼlum bo‘ldi. Qarzdor ushbu mashinada yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘illanib, aliment qarzdorligini to‘lab borishini aytgan, biroq alimentni to‘lamagan.

 

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli Matiz rusumli mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi.

 

Agar qarzdor aliment qarzini o‘z vaqtida to‘lamasa, mashina auksion savdosida sotiladi.

custom img

Qashqadaryoda media haftalik yakunlandi: yangi yondashuvlar shakllandi

Loyihaning navbatdagi bosqichi 27-aprel – 1-may kunlari Samarqandda davom etadi.

custom img

Samarqandda voyaga yetmagan ikki qizga nisbatan zo‘ravonlik sodir etildi

Vasiy ayol bolalarning xorijda bo‘lib turgan onasidan pul undirish maqsadida ularga bosim o‘tkazib, zo‘ravonlik holatini videoga olgan.

custom img

Namanganda Lacetti soyga tushib ketdi

Hodisa joyida qutqaruvchilar va ko‘ngillilar ikki nafar fuqaroni mashinadan olib chiqqan.

custom img

Oʻzbekistonda hayvonlar kasalliklari bo‘yicha yangi karantin qoidalari tasdiqlandi

Endilikda chorvachilikda kasallik tarqalishiga qarab karantin hududlari belgilanadi.

custom img

Oroldan qolgan cho‘l turistlarni qiziqtirmoqda

Nukusda Qoraqalpog‘iston turizmini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Unda ma’lum qilinishicha, ayni paytda mamlakatda 22 ta UNESCSO ro‘yxatiga kirgan tarixiy inshoot va qadamjolar bor. Xorijliklar tarixiy maskanlar qatorida Orol dengiziga ko‘proq qiziqish bildirmoqda.

custom img

Samarqandda 2 gektar yerni 490 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Ular issiqxona uchun ajratilgan yer maydonini tanishlari orqali xaridorga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan.

custom img

Namanganda 85 mlrd so‘mlik aylanmaga ega noqonuniy qimor tarmog‘i fosh etildi

Gumonlanuvchilardan qiymati 400 million so‘mga yaqin pul mablag‘i, plastik kartalar, mobil telefonlar, kompyuter texnikalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

custom img

Biznes-ombudsman Toshkentning “Dizayn-kodi” qarorini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi

Umumiy ovqatlanish sohasi tadbirkorlari  yangi dizayn-kod “savodsizlarcha” qilinganini aytib, peshlavhalarni majburiy demontaj qilish chog‘ida elektr energiyasini o‘chirish bilan tahdid qilinayotganidan shikoyat qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"