O'zbekiston

Jizzaxda bankdan qarzdor mashinalar xatlanmoqda

MIB xodimlari to‘lanmagan qarzdorlikni avtomobillarga qaratmoqda.

Jizzaxda bankdan qarzdor mashinalar xatlanmoqda

Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi hududiy bo‘limlariga sud qarorlari asosida banklar foydasiga kredit qarzdorliklarini undirish bo‘yicha ijro hujjatlari kelib tushdi.

 

Undiruv garov sifatida rasmiylashtirilgan “Spark” va “Tracker 2” rusumli avtomobillarga qaratildi.

 

Ijro harakatlari davomida ayrim qarzdorlar qarzni ixtiyoriy to‘lashdan bosh tortib, avtomobillarini yashirishga uringan.

 

Biroq majburiy ijro tadbirlari natijasida ushbu transport vositalari aniqlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

 

Endilikda avtomobillar elektron onlayn savdoga chiqariladi. Savdodan tushgan mablag‘ hisobidan qarzdorlik qoplanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"