O'zbekiston

Ko‘p xonadonli uylar qurilishida kompleks yondashuv joriy etiladi

Prezident qarori bilan 2026–2028 yillarda ayrim hududlarda maxsus huquqiy rejim tajriba tariqasida qo‘llaniladi.

Ko‘p xonadonli uylar qurilishida kompleks yondashuv joriy etiladi

O‘zbekistonda ko‘p xonadonli majmualarini barpo etishda kompleks qurilish mexanizmlarini joriy etish va jarayonlarda shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi. Bu haqda Prezidentning “Ko‘p kvartirali turar joy majmualarini qurishda kompleks qurilish mexanizmlarini joriy etish va shaffoflikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.

 

Hujjatga ko‘ra, 2026 yil 1 martdan 2028 yil 1 martgacha ayrim yer uchastkalarida ko‘p kvartirali uylarni kompleks qurilish mexanizmlari asosida barpo etishni nazarda tutuvchi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi tajriba tariqasida joriy etiladi.

 

Prezidentning avval qabul qilingan PF–29-son farmoniga muvofiq tashkil etilgan investitsiya kompaniyalari hududlarda kompleks qurilish loyihalarini amalga oshirish uchun mas’ul tashkilot sifatida faoliyat yuritadi.

 

Qarorda hududlarda yashil bog‘lar, ekoparklar va xiyobonlar barpo etish investitsiya kompaniyalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Bunda mazkur maqsadlar uchun davlat mulki obyektlari va yer uchastkalarini sotishdan mahalliy byudjetga tushadigan mablag‘larning 10 foizi, shuningdek mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha manbalarining kamida 5 foizi yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

 

Shuningdek, Toshkent shahrida yashil hududlarni kengaytirish hamda har bir tumanda bittadan ekobog‘ barpo etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

 

Qarorga muvofiq, 2027 yil 1 yanvardan boshlab ko‘p kvartirali uylarning qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun beriladigan ruxsatnoma “Shaffof qurilish” tizimi orqali “Uy-joy” yagona raqamli urbanizatsiya platformasida idoralararo integratsiya asosida avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ko‘p xonadonli uylar qurilishida kompleks yondashuv joriy etiladi | Zamon.uz