Jahon

Ozarbayjon Erondagi diplomatlarini chaqirib olishga qaror qildi

Qaror Naxchivondagi dron hujumidan so‘ng qabul qilingan, ammo Eron tomoni voqea ortida uchinchi kuchlar bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Ozarbayjon Erondagi diplomatlarini chaqirib olishga qaror qildi

Ozarbayjon hukumati Erondagi diplomatik xodimlarini chaqirib olishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov ma’lum qildi.

 

Uning ta’kidlashicha, mazkur qaror Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilingan. Bayramovning so‘zlariga ko‘ra, Boku Erondagi diplomatik missiyasida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarni mamlakatga qaytarishni rejalashtirmoqda.

 

Mazkur qaror 5-mart kuni Naxchivon avtonom Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchish apparatlari hujumi yuz bergani haqidagi xabarlar fonida qabul qilingan. Ozarbayjon tomonining ma’lumotiga ko‘ra, ikki dron aeroport binosi hamda maktab yaqinidagi hududga zarba bergan, natijada to‘rt nafar fuqaro jarohat olgan.

 

Boku mazkur hujumda Eronni ayblab, hududga jami to‘rtta dron yuborilganini bildirgan.

 

Tehron esa ushbu ayblovlarni qat’iyan rad etmoqda. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Bayramov bilan o‘tkazgan suhbatida Eron hujumga aloqador emasligini ta’kidlab, voqea ortida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirishga urinayotgan kuchlar turishi mumkinligini bildirgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ozarbayjon Erondagi diplomatlarini chaqirib olishga qaror qildi | Zamon.uz