O'zbekiston

O‘zbekistonda 1,5 million xotin-qizni daromadli qilish rejalashtirilmoqda

Koʻksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shgan ayollar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi, 28 nafar iqtidorli qizga Zulfiya nomidagi davlat mukofoti topshirildi.

O‘zbekistonda 1,5 million xotin-qizni daromadli qilish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Ko‘ksaroy qarorgohida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida davlat rahbari mamlakatimizdagi barcha onaxonlar, opa-singillar va qizlarni samimiy tabriklab, ularning jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rnini alohida ta’kidladi.

 

Prezident o‘z nutqida inson hayoti va jamiyat rivojini xotin-qizlarsiz tasavvur etib bo‘lmasligini qayd etdi. Ta’kidlanishicha, bugungi kunda ayollarimiz tadbirkorlik, ilm-fan, ta’lim, tibbiyot, muhandislik, davlat boshqaruvi va boshqa ko‘plab sohalarda faol ishtirok etib, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda.

 

So‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyatdagi rolini kuchaytirish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim shakllantirilgani ta’kidlandi. Davlat siyosatida gender tengligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani, qonun va qarorlar qabul qilinishida xotin-qizlar manfaatlariga ta’siri ham albatta baholanayotgani qayd etildi.

 

Natijada mamlakatda faol ayol tadbirkorlar soni sezilarli darajada ortib, bugungi kunda ularning soni qariyb 230 ming nafarga yetdi. Qishloq xo‘jaligida 12 mingdan ortiq ayol fermer mehnat qilmoqda, ilm-fan sohasida esa 6 mingdan ziyod olima faoliyat yuritmoqda.

 

Sport sohasida ham o‘zbekistonlik qizlar yuksak natijalarga erishmoqda. O‘tgan yil davomida ular xalqaro musobaqalarda 167 ta oltin, 193 ta kumush va 243 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

 

Mamlakatimizda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xalqaro maydonda ham e’tirof etilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Parlamentlararo ittifoqning “Parlamentdagi ayollar” reytingida 92 pog‘onaga ko‘tarilib, 36-o‘rinni egalladi. Shuningdek, “Gender tenglik va boshqaruv” indeksida mamlakat 103-o‘rindan 52-o‘ringa ko‘tarildi. Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksida esa O‘zbekiston 43 pog‘onaga yaxshilanib, 48-o‘rinni egalladi.

 

Tadbirda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb etish masalalari ham alohida muhokama qilindi. O‘tgan yilda bu maqsadlar uchun 23,5 trillion so‘m kredit ajratilib, natijada 425 mingdan ortiq ayol tadbirkorlik faoliyatini boshladi.

Joriy yilda ham xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli dasturlar amalga oshiriladi. Jumladan, 166 ming nafar ayol zamonaviy kasb va tadbirkorlikka, yana 100 ming nafari axborot texnologiyalari sohasiga o‘qitilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, “Daromadli ayol” dasturi doirasida kasanachilik, hunarmandchilik, parrandachilik, asalarichilik va tomorqachilik kabi yo‘nalishlarda 50 ming ayolning bandligi ta’minlanadi. “Hamroh” dasturi orqali esa 3 mingta biznes loyihaga 1 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

 

Umuman, joriy yilda 1,5 million xotin-qizni daromadli qilish, shundan 400 ming nafarini tadbirkorlikka jalb etish rejalashtirilgan bo‘lib, bu maqsadlar uchun 25 trillion so‘mdan ortiq resurs yo‘naltiriladi.

 

Prezident qizlarning ta’lim olish imkoniyatlariga ham to‘xtalib o‘tdi.

 

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan qizlar soni 904 ming nafardan oshib, jami talabalarning 54 foizini tashkil etmoqda. Doktorantura va ilmiy tadqiqot bosqichlarida tahsil olayotganlarning 61 foizi ham xotin-qizlardir.

 

Yangi o‘quv yilidan boshlab ehtiyojmand oilalardagi qizlar uchun davlat granti kvotasi ikki barobar oshirilib, 4 mingtagacha yetkaziladi. Bundan tashqari, dunyoning yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan qo‘shma dasturlar asosida magistraturada o‘qiyotgan talaba-qizlarning kontrakt to‘lovlari davlat tomonidan qoplab beriladi.

 

Tadbir davomida ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi. Yaqinda xotin-qizlar va bolalarni har qanday zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan yangi prezident farmoni imzolandi.

 

Shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan ayollarni jamiyatga qayta moslashtirish maqsadida “Yangi hayot” dasturi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu dastur doirasida mahkum ayollar kasb-hunarga o‘qitilib, oliy ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Tadbir yakunida mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh ayollar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, ilm-fan, ta’lim, madaniyat va jamoat ishlarida faol bo‘lgan 28 nafar iqtidorli qizga Zulfiya nomidagi davlat mukofoti topshirildi.

 

Prezident o‘z nutqida Yangi O‘zbekistonni ayollar baxtli va farovon yashaydigan mamlakatga aylantirish eng muhim maqsadlardan biri ekanini ta’kidladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda 1,5 million xotin-qizni daromadli qilish rejalashtirilmoqda | Zamon.uz