O'zbekiston

O‘zbekiston–Vengriya uchinchi rektorlar forumi: Ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzolandi

Forum “Raqamli davrda oliy ta’lim: sun’iy intellekt, innovatsion modellar va global raqobatbardosh universitetlar” mavzusiga bag‘ishlandi.

O‘zbekiston–Vengriya uchinchi rektorlar forumi: Ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzolandi

Samarqanddagi “Ipak Yo‘li” Turizm va Madaniy Meros Xalqaro Universitetida “Raqamli davrda oliy ta’lim: sun’iy intellekt, in modellar va global raqobatbardosh universitetlar” mavzusida O‘zbekiston–Vengriya uchinchi rektorlar forumi bo‘lib o‘tdi.

 

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Vengriya Rektorlar konferensiyasi prezidenti Bela Merkeli, Vengriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yojef Roja, Obuda universiteti rektori Levente Kovach, shuningdek, ikki mamlakatning yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari va soha vakillari ishtirok etdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik 2017-yilda imzolangan hukumatlararo bitim asosida rivojlanmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonning 50 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari Vengriyaning 30 dan ziyod universitet va ilmiy-ta’lim tashkilotlari bilan 100 ga yaqin hamkorlik shartnomalari asosida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 17 ta qo‘shma startap loyihalari amalga oshirilmoqda.

 

Forum doirasida ta’lim tizimiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, innovatsion ta’lim modellari yaratish, universitetlararo ilmiy tadqiqotlar, qo‘shma laboratoriyalar tashkil etish va “universitet–sanoat” hamkorligini kuchaytirish masalalari muhokama qilingan.

 

Tadbirda yalpi majlis va bir nechta parallel sessiyalar o‘tkazilib, ikki mamlakat rektorlari va ekspertlari zamonaviy oliy ta’limni rivojlantirish, innovatsiyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarning ilmiy faolligini oshirish bo‘yicha taqdimotlar qilgan.

 

Forum dasturining yakuniy qismida O‘zbekiston va Vengriya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar asosida ikki tomonlama hamkorlik shartnomalarini almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu kelishuvlar qishloq xo‘jaligi, muhandislik, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, energetika, tibbiyot va pedagogika sohalarida qo‘shma ta’lim va ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirishga xizmat qilishi aytilmoqda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekiston–Vengriya uchinchi rektorlar forumi: Ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzolandi | Zamon.uz