O'zbekiston

Pastdarg‘om tumani sudyasi 300 dollar pora bilan ushlandi

Sudya ishni da’vogarning foydasiga hal qilib berish uchun pora talab qilgan.

Pastdarg‘om tumani sudyasi 300 dollar pora bilan ushlandi

Samarqand viloyati Davlat xavfsizlik xizmatining boshqarmasi, Prokuratura organlari va Sudya­lar oliy kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Pastdarg‘om tumani fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi 300 AQSH dollari miqdorida pora olgan vaqtda ushlandi. Bu haqda Zamon.uz ga DXX ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, mazkur tuman sudining 2022-yildagi hal qiluv qaroriga asosan, 1989 y.t. ayolning 2022 y.t. farzandi voyaga yetguniga qadar javobgar hisoblangan – 1983 y.t. fuqarodan aliment undirish belgilangan.

 

Ammo, javobgar tomon ushbu qarorni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida FIB Pastdarg‘om tuman sudiga ariza bilan murojaat qilgan.

 

Sudya esa o‘z ish yurituviga kelib tushgan ushbu arizaga asosan, joriy yilning 27-fevral kuni sudning 2022-yildagi hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni mazmunan qayta ko‘rishni 11-mart kuniga tayinlagan.

 

Shuningdek, u ishni da’vogarning foydasiga ijobiy hal etib berish evaziga undan 300 AQSH dollari talab qilgan.

 

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan sudyaga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Pastdarg‘om tumani sudyasi 300 dollar pora bilan ushlandi | Zamon.uz