O'zbekiston

Shuhrat Oripov O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b bo‘ldi.

Shuhrat Oripov tayinlovga qadar Biznesni rivojlantirish banki matbuot xizmati boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Shuhrat Oripov O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b bo‘ldi.

Jurnalistlar uyushmasi Boshqaruvining bugungi yig‘ilishida Oripov Shuxratjon Orip o‘g‘li O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani ma’lum qilindi. 

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan Xolmurod Salimov Uyushma raisi birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangan.

 

Ma'lumot uchun,  Shuhrat Orif — 1981-yili Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.


Shuhrat Oripov mehnat faoliyatini 1999-yilda jurnalist sifatida boshlagan. U bir qancha gazetalarda faoliyat yuritgan. Keyinchalik davlat va jamoat tashkilotlarida (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida), shuningdek, siyosiy partiya (UzLiDep) tizimida axborot siyosati va matbuot xizmati yo‘nalishlarida faoliyat olib borgan.

 

Ijodkorning “Men asli odammas, yor edim”, “Shom tovushi” kitoblari nashr etilgan. 15-Xalqaro turkiy she’riyat festivali ishtirokchisi (Turkiya, 2022-yil). Shuningdek, u “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

 

Tayinlovga qadar Shuhrat Oripov Biznesni rivojlantirish banki matbuot xizmati boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shuhrat Oripov O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b bo‘ldi. | Zamon.uz