O'zbekiston

Suv tanqisligining oldini olishga 600 milliard so‘m yo‘naltiriladi

Mazkur mablag‘lar hisobidan suv yo‘qotilishi yuqori bo‘lgan 389 kilometr uzunlikdagi kanallar rekonstruksiya qilinib, betonlashtiriladi.

Suv tanqisligining oldini olishga 600 milliard so‘m yo‘naltiriladi

O‘zbekistonda suv resurslaridan samarali foydalanish va suv tanqisligining oldini olish maqsadida kanal va sug‘orish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi. Bu borada Prezident qarori qabul qilindi.

 


Hujjatga muvofiq, suv infratuzilmasini yangilash ishlari uchun davlat byudjeti hisobidan mablag‘ ajratiladi. Jumladan, kanallar va sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish ishlariga 480 mlrd so‘m, suv tanqisligining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar uchun 120 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

 

Mazkur mablag‘lar hisobidan suv yo‘qotilishi yuqori bo‘lgan 389 kilometr uzunlikdagi kanallar rekonstruksiya qilinib, betonlashtiriladi. Loyihani amalga oshirish natijasida yiliga o‘rtacha 206 mln kub metr suv hamda 26 mln kilovatt-soat elektr energiyasini tejash imkoniyati yaratilishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, amalga oshiriladigan ishlar orqali 159 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning suv ta’minotini yaxshilash rejalashtirilgan. Mutasaddilarga ko‘ra, bu choralar qishloq xo‘jaligida suvdan samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Suv tanqisligining oldini olishga 600 milliard so‘m yo‘naltiriladi | Zamon.uz