Jahon

Tehron markazidagi Xomanaiyning maxfiy bunkeri vayron qilindi — IDF

Operatsiyada 50 ga yaqin harbiy samolyot ishtirok etgan.

Tehron markazidagi Xomanaiyning maxfiy bunkeri vayron qilindi — IDF

Isroil harbiy-havo kuchlari Eron poytaxti Tehron markazida joylashgan yer osti harbiy qo‘mondonlik inshootiga zarba berdi. Bu haqda Israel Defense Forces (IDF) matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

IDF bayonotiga ko‘ra, operatsiyada qariyb 50 ta harbiy samolyot ishtirok etib, nishonga yuzdan ortiq o‘q-dorilar tashlangan. Hujum natijasida hukumat binolari majmuasi ostida joylashgan yer osti qo‘mondonlik bunkeri vayron qilingan.

 

Isroil harbiy razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu bunker Tehron markazidagi bir nechta ko‘chalar ostida joylashgan bo‘lib, yer yuzasiga bir nechta chiqish yo‘llariga ega bo'lgan. Inshoot Eron rahbariyati uchun muhim harbiy qo‘mondonlik markazlaridan biri sifatida foydalanilgan.

 

IDF ta’kidlashicha, bunker maxsus ravishda Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiy uchun qurilgan. Biroq Isroil tomoni ma’lumotiga ko‘ra, Oyatulloh mazkur boshpanadan foydalanishga ulgurmasdan oldin halok bo‘lgan.

 

Isroil armiyasi ushbu zarba Eronning harbiy boshqaruv va nazorat tizimiga jiddiy zarar yetkazganini qayd etdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tehron markazidagi Xomanaiyning maxfiy bunkeri vayron qilindi — IDF | Zamon.uz