Jahon

Tramp Eronning “so‘zsiz taslim bo‘lishini” talab qildi

AQSh prezidenti Eron taslim bo‘lgach, mamlakatni tiklashda AQSh va ittifoqchilari yordam berishini aytdi.

Tramp Eronning “so‘zsiz taslim bo‘lishini” talab qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Eron bilan faqat uning to‘liq va shartsiz taslim bo‘lishi sharti bilan kelishuv tuzishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.

 

Trampning ta’kidlashicha, AQSh uchun Eron bilan shartsiz taslim bo‘lishdan boshqa hech qanday kelishuv varianti mavjud emas.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron taslim bo‘lgach va mamlakatda “buyuk hamda maqbul rahbar yoki rahbarlar” saylangach, AQSh hamda uning ittifoqchilari Eronni og‘ir vaziyatdan chiqarishga yordam beradi.

 

“Shundan so‘ng biz va bizning jasur ittifoqchilarimiz Eronni halokat yoqasidan qaytarish, uni iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish uchun tinimsiz ishlaymiz. Eronning buyuk kelajagi bor”, — deya yozgan AQSh prezidenti.

 

Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlangan edi. Avvalroq Tramp Vashingtonning Eron bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarda “sabri tugaganini” ham bildirgan.

custom img

AQSh sharmandali mag‘lubiyatga uchradi — Xomanaiy

Oliy rahnamo AQShning harbiy rejalari muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ta'kidlamoqda.

custom img

Tramp Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradiga taklif qilinmadi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi AQSh prezidentining paradga taklif etilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

custom img

Eron mojarosi 30 milliondan ortiq odamni qashshoqlikka tushirishi mumkin — BMT

Urush oqibatlari 160 mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir qilmoqda.

custom img

Tramp Eronni “rahm-shafqat so‘rashga” chaqirdi

AQSh prezidenti Eronni muzokara va taslim bo‘lishga undab, uning iqtisodiy holatini “o‘lik” deb ta’rifladi.

custom img

Zelenskiy Rossiyaning sulh taklifiga munosabat bildirdi

9-may arafasidagi sulh taklifi Tramp va Putin o‘rtasidagi telefon suhbatida ilgari surilgan.

custom img

Moskvada 9-may arafasida mobil aloqa cheklanadi

SMS yuborish xizmatlari va hatto cheklovlar vaqtida ishlashi kerak bo‘lgan maxsus internet resurslar faoliyati ham to‘xtatilishi mumkin.

custom img

Putin va Tramp o‘rtasida 1,5 soatlik telefon suhbati bo‘lib o‘tdi

Suhbatda 9-may arafasida Ukraina bilan vaqtinchalik sulh masalasi va Fors ko‘rfazidagi vaziyat muhokama qilindi.

custom img

AQSHda “Grin karta” va immigratsiya vizalari uchun tekshiruvlar kuchaytirildi — CBS News

AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmati xodimlariga kuchaytirilgan tekshiruvdan o‘tmagan har qanday arizani tasdiqlash taqiqlanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"