Jahon

Yevrokomissiya yangi migratsiya inqirozidan xavotirda — Die Welt

Turkiya 90 ming qochqin uchun chodir shaharchasi qurishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Yevrokomissiya yangi migratsiya inqirozidan xavotirda — Die Welt

Yevropa Komissiyasi AQSh-Isroil va Eron bilan bog‘liq mojarolar tufayli keng ko‘lamli migratsiya harakati bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda. Bu haqda manbalarga tayanib Die Welt yozmoqda.

 

Qayd etilishicha, Yaqin Sharqdagi mojaro cho‘zilib ketsa, Eron va qo‘shni davlatlarda gumanitar inqiroz yuzaga kelishi va 2015-yildagi kabi migratsiya harakatlari boshlanishi mumkinligi bildirilgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirning o‘zida mamlakat ichida, qishloq joylarga va dengiz sohillariga odamlarning ko‘chishi kuzatilmoqda.

 

Bryusseldagi muhokamalarda, ayniqsa, Eronda istiqomat qiluvchi 2,5 millionga yaqin afg‘onlar bilan bog‘liq vaziyat xavotir uyg‘otayotgani ta’kidlangan. Agar vaziyat yanada beqarorlashsa, ular mamlakatni tark etib, qo‘shni davlatlarga, birinchi navbatda, Turkiyaga yo‘l olishlari mumkin.

 

Shuningdek, Turkiya ichki ishlar vaziri Mustafo Chiftchi chorshanba kuni uchta Turkiya-Eron chegara punktida noodatiy harakatlar kuzatilmaganini aytdi. Shunga qaramay, hukumat bufer zonasi va 90 ming nafargacha qochqin uchun chodir shaharchasini qurishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

 

Yevropa Ittifoqining Boshpana masalalari bo‘yicha agentligi hisobotiga ko‘ra, 90 million aholiga ega Eronda hatto qisman beqarorlik ham katta migratsiya oqimini keltirib chiqarishi mumkin. Agar aholining kamida 10 dan 1 qismi mamlakatni tark etishga majbur bo‘lsa, oqibat ko‘lami so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik migratsiya inqirozlari bilan taqqoslanishi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.