O'zbekiston

Andijonda yigitning suratlarini tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan ayollar qo‘lga olindi

Ular TikTok orqali tanishgan shaxsning fotosuratlarini o'chirish evaziga 20 000 AQSh dollari talab qilgan.

Andijonda yigitning suratlarini tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan ayollar qo‘lga olindi

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor-qidiruv xizmati va Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ikki nafar ayolning jinoiy harakatlariga chek qo‘yildi. Aniqlanishicha, 2001-yilda tug'ilgan ayol o'ziga avvaldan tanish bo'lgan, Toshkent shahrida yashovchi 1999-yilda tug'ilgan ayol bilan oldindan jinoiy til biriktirgan.

 

Ulardan biri TikTok ijtimoiy tarmog'i orqali Andijon tumanida yashovchi 2002-yilda tug'ilgan erkak bilan tanishib, ishqiy munosabat o'rnatgan. Shundan so'ng jabrlanuvchining shaxsiga oid fotosuratlar ustiga turli uyatli va haqoratli so'zlar yozib, ushbu materiallarni o'chirib tashlash evaziga jabrlanuvchidan jami 20 000 AQSh dollari miqdorida pul talab qilishgan.

 

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilar kelishilgan mablag‘ning bir qismini – 7 000 dollarni bank plastik kartasiga o‘tkazayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Andijonda yigitning suratlarini tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan ayollar qo‘lga olindi | Zamon.uz