Jahon

BAA Eron aktivlarini muzlatib qo‘yishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

Bunga Eronning raketa va dron hujumlari sabab bo'lgan.

BAA Eron aktivlarini muzlatib qo‘yishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

BAA rasmiylari raketa va dron hujumlariga javoban Eronning mamlakat hududidagi aktivlarini muzlatib qo‘yishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabardor manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Amirliklar rasmiylari Tehronni maxfiy tarzda ehtimoliy moliyaviy choralar haqida ogohlantirgan. Ular orasida qobiq kompaniyalar hisoblarini muzlatish hamda valyuta ayirboshlash shoxobchalarini keng ko‘lamli tekshirish kabi choralar muhokama qilinmoqda.

 

Potensial sanksiyalarning asosiy nishonlaridan biri Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) bilan bog‘liq moliyaviy tuzilmalar bo‘lishi mumkin. Bunday choralar Eronning harbiy dasturlarini moliyalashtirish bilan bog‘liq kanallarga jiddiy zarba berishi mumkin.

 

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ushbu cheklovlar amalga oshirilsa, Eronning xorijiy valyuta va global savdo tizimlariga kirish imkoniyatlari keskin cheklanishi ehtimoli mavjud. Chunki BAA uzoq yillar davomida G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tishda muhim moliyaviy markaz sifatida xizmat qilib kelgan.

 

Xususan, Tehron global bozorlarda neft sotishdan tushgan mablag‘larni Amirliklar infratuzilmasi orqali taqsimlab kelgani, shuningdek mahalliy valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali rasmiy bank tizimlaridan tashqarida moliyaviy operatsiyalar amalga oshirgani qayd etilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.