Jahon

Eron prezidenti qo‘shni davlatlardan uzr so‘radi

Mas'ud Pezeshkian qo‘shni davlatlar hududidan Eronga qarshi hujumlar amalga oshirilmasa, Tehron ham ularga qarshi zarba bermasligini ma’lum qildi.

Eron prezidenti qo‘shni davlatlardan uzr so‘radi

Masud Pezeshkian qo‘shni davlatlar hududidan Eronga qarshi hujumlar amalga oshirilmasa, Tehron ham ularga qarshi harbiy zarbalar bermasligini ma’lum qildi. Bu haqda davlat rahbari mamlakatning vaqtinchalik boshqaruv kengashi qarorini e’lon qilish chog‘ida bayonot berdi.

 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Eron qo‘shni davlatlarga nisbatan tajovuzkor niyatda emas. Shu bilan birga, u Eronning dushmanlari mamlakatning “so‘zsiz taslim bo‘lishi” haqidagi orzularidan voz kechishi kerakligini ta’kidlagan.

 

Pezeshkian shuningdek, so‘nggi voqealar sabab zarar ko‘rgan qo‘shni davlatlardan rasmiy uzr so‘ragan.

 

Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni Isroil harbiy kuchlari Erondagi bir qator harbiy obyektlarga zarba bergan edi. Isroil mudofaa vaziri Israel Katz bu harakatlarni ehtimoliy tahdidlarning oldini olishga qaratilgan choralar sifatida izohlagan.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Eron prezidenti qo‘shni davlatlardan uzr so‘radi | Zamon.uz