Jahon

Eronga qarshi “juda kuchli zarba” berilishi mumkin — Tramp

AQSh prezidenti Eronni “mag‘lub davlat” deb atab, bosim va zarbalar siyosati davom etishini ta’kidladi.

Eronga qarshi “juda kuchli zarba” berilishi mumkin — Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi “juda kuchli zarba” berilishi mumkinligini ma’lum qildi. U bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.

 

Amerika yetakchisining ta’kidlashicha, Eronning “yomon xatti-harakatlari” tufayli hozirgacha hujum uchun ko‘rib chiqilmagan ayrim hududlar va odamlar guruhlariga nisbatan ham keskin choralar ko‘rilishi ehtimoli muhokama qilinmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday harakatlar “to‘liq vayronagarchilik va muqarrar qurbonlarga” olib kelishi mumkin.

 

Donald Tramp Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkianning qo‘shni davlatlardan uzr so‘rab, ularga nisbatan boshqa hujumlar bo‘lmasligiga va’da bergan bayonotiga ham izoh berdi.

 

AQSh prezidenti bu holatni Eronning Yaqin Sharqdagi qo‘shni davlatlari oldida “taslim bo‘lishi” sifatida baholagan.

 

Tramp, shuningdek, Eronni “mag‘lub” deb atab, uning pozitsiyasi “taslim bo‘lmaguncha yoki butunlay qulamaguncha uzoq yillar davomida shunday bo‘lib qolishi mumkinligini” ta’kidlagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eronga qarshi “juda kuchli zarba” berilishi mumkin — Tramp | Zamon.uz