Jahon

Isroil Tehronda IRGC havo kuchlari shtab-kvartirasiga zarba berdi

Hujumlar havo mudofaa tizimlari, qo‘mondonlik markazlari va logistika omborlariga ham qaratilgan.

Isroil Tehronda IRGC havo kuchlari shtab-kvartirasiga zarba berdi

Isroil Mudofaa Kuchlari (IDF) Tehronda joylashgan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonlik markaziga havo hujumlarini amalga oshirganini e’lon qildi. Bu haqda IDF matbuot kotibi o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida xabar berdi.

 

IDF bayonotiga ko‘ra, hujumlar Tehrondagi Eron harbiy nishonlariga qarshi keng ko‘lamli operatsiya doirasida amalga oshirilgan. Xususan, IRGC havo kuchlari shtab-kvartirasi havo holatini baholash va Eron havo maydonini himoya qilish markazi sifatida muhim ahamiyatga ega edi.

 

Shuningdek, Isroil havo kuchlari mintaqadagi havo mudofaasi tizimlari, qo‘mondonlik punktlari va logistika omborlariga ham zarbalar bergan. Barcha hujumlar IRGC bazasi joylashgan hududlarda sodir etilgan.

 

IDF bu operatsiyani Eron harbiy nishonlarini sustlashtirish va havo hududini nazorat ostida ushlab turish maqsadida amalga oshirilganini ta’kidladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.