O'zbekiston

Namanganda jazmani bilan til biriktirib erini o‘ldirmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Ular bu jinoyatni qilish uchun qotil yollashgan.

Namanganda jazmani bilan til biriktirib erini o‘ldirmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Namangan viloyati Davlatobod tumanida ayol va uning jazmani tomonidan qotil yollab, odam o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyatning oldi olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, 4-mart kuni Davlatobod tumanida yashovchi ayol o‘zining jazmani bilan oldindan til biriktirib, shar’iy nikoh asosida birga yashab kelgan turmush o‘rtog‘ini 6 ming AQSH dollari evaziga o‘ldirtirishni rejalashtirgani aniqlangan.

 

Shundan so‘ng Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda prokuratura xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ma’lum bo‘lishicha, buyurtmachilar Telegram orqali shartli qotil bilan bog‘lanib, erkakni Cobalt avtomobilida yolg‘iz yurgan paytda Andijon—Namangan yo‘lida joylashgan ovloq hududda o‘ldirish, so‘ng avtomobilni yoqib yuborish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.

 

Tezkor tadbir davomida jabrlanuvchining o‘ldirilgani sahnalashtirilib, ushbu jarayon videoga olinib buyurtmachilarga ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng ular kelishilgan pul mablag‘ining 5,5 ming AQSH dollarini topshirayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi ikkinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan bo‘lib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.