Jahon

Qo‘shma Shtatlar Rossiya neftiga qo‘yilgan ayrim sanksiyalarni yumshatishi mumkin — AQSh moliya vaziri

Vashington Eron atrofidagi keskinlik fonida jahon neft bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish choralarini ko‘rib chiqmoqda.

Qo‘shma Shtatlar Rossiya neftiga qo‘yilgan ayrim sanksiyalarni yumshatishi mumkin — AQSh moliya vaziri

Isroil va AQShning Eron bilan urushi tufayli jahon neft bozorida yuzaga kelgan keskin vaziyat sabab, Vashington Rossiya neftiga nisbatan ayrim sanksiyalarni yumshatishi mumkin. Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessent Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 

Vazirning aytishicha, Isroil va AQShning Eron bilan mojarosi fonida jahon neft bozorida keskin vaziyat yuzaga kelgan. Shu sababli bozorga qo‘shimcha neft chiqarish orqali taklifni oshirish masalasi muhokama qilinmoqda.

 

“Dengizda Rossiyaning yuzlab million barrel xom nefti ortilgan tankerlar turibdi. Agar ularni sanksiyalardan ozod qilsak, jahon bozoriga qo‘shimcha taklifni oshirishimiz mumkin. Biz bunday imkoniyatni ko‘rib chiqyapmiz”, — dedi Bessent.

 

Shuningdek, 6-mart kuni AQSh Hindistondagi neftni qayta ishlash zavodlarini Rossiya neftini sotib olishga qo‘yilgan taqiqdan 30 kun muddatga ozod qildi. Bu qaror allaqachon tankerga yuklangan neftga nisbatan amal qiladi.

 

Bessentning aytishicha, Eron bilan urush fonida neft bozoridagi vaziyatni yengillashtirishga qaratilgan choralar haqida AQSh hukumati bundan keyin ham ma’lumot berib boradi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.