Jahon

Rossiya Eronga AQSh kuchlari haqida razvedka ma’lumotlarini taqdim qilmoqda, Xitoy esa moliyaviy yordam bermoqchi

Qo'shma Shtatlar mudofaa vaziri AQSh-Isroil va Eron urushida Rossiya bilan Xitoy muhim rol o‘ynamayotganini bildirgan.

Rossiya Eronga AQSh kuchlari haqida razvedka ma’lumotlarini taqdim qilmoqda, Xitoy esa moliyaviy yordam bermoqchi

Rossiya Eronga AQSh qo‘shinlari, kemalari va samolyotlarining joylashuvi, harakatlari haqida razvedka ma’lumotlarini taqdim etmoqda. Bu haqda AQSh razvedkasiga aloqador manbalarga tayanib CNN xabar berdi. 

 

Qayd qilinishicha, Rossiyaning ushbu harakatlari Moskvani urushga aralashishga urinayotgani haqidagi birinchi belgi sifatida baholanmoqda. 

 

Manbalardan biri Rossiya Eron bilan bo‘lishgan razvedka ma’lumotlarining katta qismi Moskvadagi ilg‘or sun’iy yo‘ldosh tizimlaridan olingan tasvirlar bo‘lganini aytmoqda. Bunday yordamlar evaziga Rossiya Erondan nimani olishi esa noma’lum.

 

CNN Kreml va Vashingtondagi Rossiya elchixonasidan mazkur holat bo'yicha izoh so‘ragan.

 

Shuningdek, qaysidir Eron hujumi aynan Rossiya taqdim etgan razvedka ma’lumotlariga asoslangani hozircha isbotlanmagan. Biroq so‘nggi kunlarda bir nechta Eron dronlari AQSh qo‘shinlari joylashgan hududlarga hujum qilgan. Jumladan yakshanba kuni Eron droni AQSh askarlari vaqtincha joylashgan Kuvaytdagi binoga zarba berib, olti amerikalik harbiyni halok qilgan.

 

Manbalarga ko‘ra, AQShda Xitoyning Eron uchun moliyaviy yordam, ehtiyot qismlar va raketa komponentlarini taqdim etishga tayyorlanayotgani haqidagi razvedka ma’lumotlari mavjud.

 

Shu bilan birga, Pekin hozirgacha urushda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etmayapti. Xitoy Tehronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi kemalarning xavfsiz harakatni ta’minlashga undayotgani aytilmoqda.

 

Manbalardan biri Eron nefti Xitoy uchun juda muhimligiga ishora qilib: “Xitoy qo‘llab-quvvatlashda ehtiyotkorroq. Ular urushning tugashini xohlaydi, chunki mojaro ularning energiya ta’minotiga tahdid soladi”, — dedi.

 

AQSh razvedka xizmati izoh berishni rad etdi. CNN Xitoy elchixonasidan ham Eronni qo‘llash bo‘yicha tayyorgarlik haqida izoh so‘ragan.

 

AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset esa chorshanba kuni jurnalistlarga Rossiya bilan Xitoy AQSh-Isroil va Eron urushida muhim rol o‘ynamayotganini bildirgan.

 

Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi uch yil davomida Rossiya va Eron raketa, dron texnologiyasi sohasida hamkorlik qilmoqda. Eron Rossiyaga Shahed dronlari va qisqa masofali ballistik raketalarni yetkazib, ularni Ukrainaga qarshi ishlatishda yordam bergan, Rossiyada Eron dizaynidagi dronlarni ishlab chiqaradigan katta zavod tashkil qilishda ham yordam ko‘rsatgan. Eron esa o‘z navbatida Rossiyadan yadro dasturini rivojlantirishda yordam so‘ragan.

 

CENTCOM qo‘mondoni admiral Brad Kuper hozirgi vaqtda AQShning Eronga qarshi operatsiyasi 50,000 dan ortiq qo‘shin, 200 dan ortiq jangovar samolyot va ikki aviatsiya kemasini o‘z ichiga olishini ma’lum qildi.

 

Eronga qarshi harbiy harakatlar qancha davom etishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiya Eronga AQSh kuchlari haqida razvedka ma’lumotlarini taqdim qilmoqda, Xitoy esa moliyaviy yordam bermoqchi | Zamon.uz