Jahon

Rossiya Ukrainaga dron va raketalar bilan hujum qildi: Xarkivda kamida yetti kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukraina bo‘ylab energetika sektori va temiryo‘l infratuzilmasini nishonga olgan.

Rossiya Ukrainaga dron va raketalar bilan hujum qildi: Xarkivda kamida yetti kishi halok bo‘ldi

Shanba kuni kechasi Rossiya Ukraina hududiga dronlar va raketalar bilan ommaviy hujum uyushtirdi. Bu haqda Ukraina rasmiylariga tayanib, Reuters xabar bermoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, hujumlar oqibatida infratuzilma zarar ko‘rgan hamda Ukrainaning shimoliy-sharqidagi Xarkiv shahrida kamida yetti kishi, jumladan ikki nafar bola halok bo‘lgan.

 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya mamlakat bo‘ylab energetika sektori va temiryo‘l infratuzilmasini nishonga olib, 480 ta dron va 29 ta raketa uchirganini aytdi.

 

“Hayotga qarshi qaratilgan bunday vahshiyona zarbalarga hamkor davlatlar tomonidan javob bo‘lishi kerak”, — dedi Zelenskiy Telegram-kanalida.

 

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya Ukrainaning turar joylari va muhim infratuzilmasini yo‘q qilishga qaratilgan urinishlaridan hamon voz kechmagan. Shu bois u hamkor davlatlarni havo mudofaasi tizimlari va qurol-yarog‘ yetkazib berishni davom ettirishga chaqirdi.

 

Ukraina havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, havo mudofaasi bo‘linmalari 453 ta dron va 19 ta raketani urib tushirgan. Shunga qaramay, Rossiya tomonidan uchirilgan 9 ta raketa va 26 ta hujumchi dron 22 ta obyektga zarba bergan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiya Ukrainaga dron va raketalar bilan hujum qildi: Xarkivda kamida yetti kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz