Jahon

Osiyolik milliarderlar Dubaydan aktivlarini olib chiqib ketmoqda

Ular o‘z investitsiyalarini Singapur va Gonkongga ko‘chirmoqda.

Osiyolik milliarderlar Dubaydan aktivlarini olib chiqib ketmoqda

O‘tgan hafta Dubayga qilingan birinchi Eron raketa va dron hujumlaridan so‘ng, u yerda yashovchi ikki hind tadbirkori o‘zlarining bank hisoblaridan har biri 100,000 dollardan ortiq mablag‘ni Singapurga o‘tkazishga uringan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Tadbirkorlarning agentlikka bildirishicha, dastlab Eron hujumlari ortidan yuzaga kelgan texnologik nosozliklar ushbu o‘tkazmalarni amalga oshirishni qiyinlashtirgan. Biroq tadbirkorlardan biri keyinchalik boshqa Dubay banki orqali summani Singapur bank hisobiga muvaffaqiyatli o‘tkazgan.

 

Sanoat bo‘yicha maslahatchilar va yuristlarning so‘zlariga ko‘ra, boshqa ko‘plab boy osiyoliklar ham shunga o‘xshash choralarni ko‘rmoqda yoki Dubaydagi aktivlarini Singapur va Gonkong kabi mintaqaviy moliyaviy markazlarga ko‘chirish bo‘yicha so‘rovlar yuborishmoqda, chunki AQSh–Isroil urushi Fors ko‘rfazidagi Dubayning “xavfsiz boshpana” mavqeyiga putur yetkazgan va investorlarni xavotirga solgan.

 

Singapurdagi moliya maslahatchilarining aytishicha, 20 mijozdan har biri o‘rtacha 50 million dollar aktivga ega 6–7 tasi, shu hafta Singapurga aktivlarini ko‘chirishni rejalashtirmoqda. Global moliya kompaniyasi Anderson Global ham 10–20 ta oilaviy idoraning Yaqin Sharqdan Singapurga aktivlarini ko‘chirish bo‘yicha so‘rovlar yuborganini bildirgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Osiyolik milliarderlar Dubaydan aktivlarini olib chiqib ketmoqda | Zamon.uz