Jahon

Toshkentda yaqin uch kun havo sifati yomonlashishi mumkin

Tonggi soatlarda tuman, yuqori namlik hamda deyarli shamolsiz ob-havo kuzatilayotgani havo almashinuvining sekinlashishiga sabab bo‘lmoqda.

Toshkentda yaqin uch kun havo sifati yomonlashishi mumkin

Bugundan boshlab mamlakat hududiga sovuq antisiklon kirib kelishi sababli atmosfera havosi sifati vaqtincha yomonlashishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

 

Mutaxassislar havo aylanishining sustlashuvi va harorat inversiyasi shakllanishi ehtimoli tufayli ifloslantiruvchi moddalar atmosferaning yerga yaqin qatlamida to‘planib borishini bildirgan.

 

“Ayni paytda hududda harorat inversiyasiga olib keluvchi meteorologik sharoitlar kuzatilmoqda. Bu kechasi +5…+7°C, kunduzi esa +16…+18°C atrofida bo‘layotgan keskin harorat farqi bilan izohlanmoqda. Toshkent shahri nam va nisbatan salqin havo massasi ta’sirida qolmoqda”, deyiladi agentlik xabarida.

 

Tahlillarga ko‘ra, soatlarda tuman, yuqori namlik hamda deyarli shamolsiz ob-havo kuzatilayotgani havo almashinuvining sekinlashishiga sabab bo‘lmoqda. Natijada chiqindilar shahar hududida saqlanib qolishi mumkin.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday sharoitda shaharga xos odatiy ifloslantiruvchi moddalar — avtotransport chiqindilari, isitish tizimlari, yoqilg‘i yoqish jarayoni hamda sanoat chiqindilari atmosferada to‘planadi. Ifloslantiruvchi moddalar tarqalishining sustligi sababli havoda chang va mayda dispersli zarrachalar konsentratsiyasi ortishi ehtimoli bor.

 

Prognozlar mazkur vaziyat yaqin uch kun davomida saqlanib turishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. 10-martga kelib sovuq antisiklon mamlakat hududini to‘liq qamrab oladi. Shundan so‘ng havo harorati barqarorlashishi, shamol tezligining oshishi hamda yog‘ingarchilik kuzatilishi natijasida atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalar tarqalishi kutilmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Toshkentda yaqin uch kun havo sifati yomonlashishi mumkin | Zamon.uz