O'zbekiston

Transport vazirligi Yaqin Sharqda sayyohlarni yordamsiz qoldirgan turoperatorlarni tanqid qildi

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, evakuatsiya qilinayotgan fuqarolarning qariyb 95 foizi hududga paketli turlar orqali safar qilgan.

Transport vazirligi Yaqin Sharqda sayyohlarni yordamsiz qoldirgan turoperatorlarni tanqid qildi

Transport vazirligi Yaqin Sharqda sayyohlik safarida bo‘lgan o‘zbekistonliklarni qiyin vaziyatda yordamsiz qoldirgan turoperator va agentliklar faoliyatini tanqid qildi.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Yaqin Sharqdan fuqarolarni evakuatsiya qilish jarayonida ularning qariyb 95 foizi paketli turlar orqali ushbu hududga safar qilgani aniqlangan.

 

Biroq ayrim turoperator va agentlar mijozlari bilan aloqani uzib, ularni zarur yordam bilan ta’minlamayotgani qayd etilgan.

 

Departament ta’kidlashicha, ayrim operatorlar tezkor va ishonchli ma’lumot bermasdan, ijtimoiy tarmoqlarda turli videolar tarqatish orqali jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilmoqda. Shu bilan birga, ular o‘z majburiyatlarini bajarish o‘rniga sayyohlarni elchixonalar va konsulliklar zimmasiga qoldirmoqda.

 

Vazirlik eslatishicha, paketli sayohat xizmatlari odatda mehmonxonada joylashish, aviachiptalar, transfer va sug‘urta xizmatlarini o‘z ichiga oladi. Sug‘urta polisi shartlariga muvofiq, fors-major holatlarida yo‘lovchilarning turar joyi, transporti va evakuatsiyasi bilan bog‘liq barcha xarajatlar qoplanishi kerak.

 

Hozirda Yaqin Sharqda, xususan Qatar hududida qolgan O‘zbekiston fuqarolarini Ar-Riyod xalqaro aeroporti orqali evakuatsiya qilish bo‘yicha tashkiliy choralar ko‘rilmoqda.

 

Vazirlikning ma’lum qilishicha, Saudiya Arabistonidagi Dammam xalqaro aeroporti va Ar-Riyod aeroportlaridan xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha reyslar cheklovlarsiz amalga oshirilmoqda va chiptalar savdosi ochiq. Shuningdek, Jidda hamda Madina shaharlariga reyslar odatdagidek davom etmoqda.

 

Transport vazirligi turoperator va agentliklarni fors-major holatlarida ham iste’molchilar huquqlarini to‘liq ta’minlash, mijozlar bilan doimiy aloqada bo‘lish hamda mavjud reyslar orqali ularni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Transport vazirligi Yaqin Sharqda sayyohlarni yordamsiz qoldirgan turoperatorlarni tanqid qildi | Zamon.uz