Jahon

Yaqin Sharq davlatlaridan 14 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarildi — Transport vazirligi

Qaytarish operatsiyalari Yaqin Sharqdagi havo hududlari yopiq bo‘lgani sababli Saudiyadagi aeroportlar orqali amalga oshirilmoqda.

Yaqin Sharq davlatlaridan 14 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarildi — Transport vazirligi

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlar sababli Bahrayn, Quvayt, Suriya, Iroq, Eron, Qatar va Isroil havo hududlari yopiq bo‘lib, O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish ishlari davom etmoqda.

 

Qayd etilishicha, 28-fevraldan 7-mart ertalab soat 10:00 holatiga ko‘ra, Madina va Jidda aeroportlaridan 63 ta parvoz orqali 13 543 nafar, Dubay aeroportidan 9 ta parvoz orqali 1 401 nafar fuqarolar olib kelingan. Xorijiy aviakompaniyalar orqali jami 1 365 nafar yo‘lovchi evakuatsiya qilingan, shundan 990 nafarini O‘zbekiston fuqarolari tashkil qiladi.

 

Qatar hududida qolgan fuqarolarni Saudiyaning Riyoz aeroporti orqali olib chiqish bo‘yicha tashkiliy ishlar davom etmoqda. Fuqarolarning aksariyati tur paketlar asosida kelgan.

 

Transport vazirligi turoperatorlar va agentlarni majburiyatlarini bajarishga, yo‘lovchilar bilan muntazam aloqada bo‘lishga chaqirmoqda. Sug‘urta polislariga muvofiq, fors-major holatlarida barcha xarajatlar qoplanishi shart.

 

Shuningdek, xabarda ayni vaqtda Kuvayt, Qatar va Bahraynga yaqin bo‘lgan Saudiyaning Dammam va Riyoz aeroportlaridan barcha xalqaro yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlar cheklovlarsiz amalga oshirilmoqda va aviachiptalar sotuvi amalda mavjudligi qay etilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yaqin Sharq davlatlaridan 14 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarildi — Transport vazirligi | Zamon.uz