Jahon

AQSh Eronning Ozarbayjonga qarshi dron hujumini qoraladi

Vashington bu hujumni Ozarbayjon suverenitetining jiddiy buzilishi deb baholab, Boku bilan to‘liq birdamligini bildirdi.

AQSh Eronning Ozarbayjonga qarshi dron hujumini qoraladi

AQSh Eron tomonidan Ozarbayjon hududiga uyushtirilgan dron hujumini keskin qoraladi.

 

AZERTAC xabariga ko'ra , Davlat departamenti bayonot berib, unga ko‘ra, 5-mart kuni Naxchivon xalqaro aeroporti hamda bolalar maktabi nishonga olingan hujum natijasida tinch aholi vakillari jarohatlangan va muhim fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetgan.

 

AQSh Davlat departamenti ushbu hujumlarni Ozarbayjon suverenitetining jiddiy buzilishi hamda Eron tomonidan mintaqadagi keskinlikni asossiz ravishda kuchaytirish sifatida baholadi.

 

“Qo‘shma Shtatlar ushbu tahdidlarga qarshi Ozarbayjon bilan to‘liq birdamlik bildiradi. Mintaqadagi hamkorlarimiz hududlariga qilingan hujumlar qabul qilib bo‘lmaydi va AQSh bunday vaziyatlarda o‘z hamkorlarini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi”, — deyiladi bayonotda.

 

O‘z navbatida, Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi AQShning ushbu bayonotini yuqori baholab, Vashingtonning qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlagan.

 

Boku rasmiylariga ko‘ra, AQShning pozitsiyasi joriy yil 10-fevral kuni imzolangan Ozarbayjon hukumati va Amerika Qo'shma Shtatlari hukumati o'rtasidagi Strategik sheriklik to'g'risidagi Xartiyaning ruhiga to‘liq mos keladi hamda ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yana bir bor tasdiqlaydi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh Eronning Ozarbayjonga qarshi dron hujumini qoraladi | Zamon.uz