Jahon

AQSh hujumlaridan keyin Eron xaritasi o‘zgarishi mumkin — Tramp

U zarurat tug‘ilsa, boyitilgan uranni musodara qilish uchun AQSh qo‘shinlari Eronga yuborilishi mumkinligini ham istisno etmadi.

AQSh hujumlaridan keyin Eron xaritasi o‘zgarishi mumkin — Tramp

Donald Tramp AQShning Eronga qarshi hujumlaridan so‘ng mamlakatdagi vaziyat tubdan o‘zgarishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida bayonot bergan.

 

AQSh prezidenti Eronning taslim bo‘lishi ehtimoli haqida gapirar ekan, bu hatto “Eron taslim bo‘lishi yoki qarshilik ko‘rsatish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi” sodir bo‘lishi mumkinligini aytdi.

 

Shuningdek, Tramp Amerika hujumlaridan keyin Eronning siyosiy va hududiy holati o‘zgarishi ehtimolini ham istisno qilmadi. U sodir bo‘layotgan jarayonni tasvirlashda bir necha bor “urush” so‘zini ishlatgan.

 

AQSh rahbari zarurat tug‘ilsa, Amerika qo‘shinlarini Eronga yuborish imkoniyatini ham rad etmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror “asosli sabab” bo‘lgan taqdirda qabul qilinishi mumkin. Xususan, u boyitilgan uranni musodara qilish uchun qo‘shin yuborilishi ehtimolini tilga olgan.

 

Tramp, shuningdek, kurd kuchlarining Eron hududida bo‘lishi mumkin bo‘lgan operatsiyalarda ishtirok etishiga qarshi ekanini bildirgan.

 

“Men kurdlarning u yerga borishini istamayman. Ularning jarohat olishini yoki halok bo‘lishini ko‘rishni xohlamayman”, — dedi AQSh prezidenti.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh hujumlaridan keyin Eron xaritasi o‘zgarishi mumkin — Tramp | Zamon.uz