Jahon

AQSh Venesuelaning yangi hukumatini rasman tan oldi

Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti Delsi Rodriges AQSh qarorini olqishlab, ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

AQSh Venesuelaning yangi hukumatini rasman tan oldi

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Venesuelaning amaldagi hukumatini mamlakatning qonuniy hokimiyati sifatida tan olganini ma’lum qildi.

 

AQSh rahbari bu haqda Florida shtatida bir qator Lotin Amerikasi davlatlari yetakchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida bayonot bergan.

 

“Bu hafta Venesuela hukumatini rasman, qonuniy ravishda tan olganimizni e’lon qilishdan mamnunman”, — dedi Tramp.

 

EFE axborot agentligi xabariga ko‘ra, Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti Delsi Rodriges AQSh qarorini olqishlab, Trampga minnatdorchilik bildirgan.

 

Uning ta’kidlashicha, Karakas AQSh bilan o‘zaro ishonch, tenglik va xalqaro huquqqa hurmat asosida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor.

 

“Biz Qo‘shma Shtatlar bilan o‘zaro ishonch, tenglik va xalqaro huquqqa hurmat asosida uzoq muddatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz”, — deb yozgan Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda.

custom img

Janubiy Koreyada sudi sobiq prezidentining qamoq muddatini uzaytirdi

Yun Sok Yol harbiy holat va qonun buzilishi bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilib, uning jazosi 7 yilga oshirildi.

custom img

Men uchun do‘st yoki qarindosh degan tushuncha yo‘q — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti fevral voqealari, davlat to‘ntarishiga urinish, Tashiyev oilasi va korrupsiya ishlari yuzasidan izoh berdi.

custom img

Pentagon Trampga Eron bilan urush haqida yolg‘on ma’lumot beryapti — The Atlantic

AQSh vitse-prezidenti Pentagon ma’lumotlariga shubha bildirib, mamlakatda qurol-yarog‘ zaxirasi kamayib borayotganidan xavotirda.

custom img

Eronning Londondagi elchixonasi eronliklarni “vatanni himoya qilish”ga chaqirdi

Mazkur chaqiriq Britaniyaning xavfsizligiga tahdid sifatida ko‘rilmoqda.

custom img

AQSHda Tramp surati tushirilgan pasportlar chiqariladi

Yangi dizayndagi pasportlar Qo‘shma Shtatlar mustaqilligining 250-yilligi munosabati bilan iyul oyida taqdim etiladi.

custom img

Qamchibek Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishda ayblandi

Tashiyev bilan yana 2 nafar sobiq amaldor mazkur ish yuzasidan so‘roq qilindi.

custom img

Qurbon hayiti 27- may kuni nishonlanadi — Qirg‘izistonda

Mamlakatda bayram rasman dam olish kuni deb e’lon qilinishi kutilmoqda.

custom img

Eron AQShga “qulash holatida” ekanini ma’lum qildi — Tramp

AQSh prezidenti Tehron Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha murojaat qilganini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"