Jahon

BAA prezidenti mamlakat “urush holatida” ekanini e’lon qildi

Dubaydagi dron hodisalari fonida Amirliklarda xavfsizlik choralar kuchaytirildi

BAA prezidenti mamlakat “urush holatida” ekanini e’lon qildi

BAA prezidenti Muhammad bin Zayd Ol Nahayon mamlakat Eron bilan keskinlik fonida “urush holatida” ekanini ma’lum qildi. Uning bayonoti 7-mart kuni Amirliklar davlat axborot vositalari orqali e’lon qilindi.

 

Davlat rahbari mamlakat qurolli kuchlariga minnatdorchilik bildirib, ular ushbu og‘ir vaziyatda davlat xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynayotganini ta’kidladi.

 

“Biz urush holatidamiz. Bu vaziyat bizga majburan yuklatildi. Biz o‘zimizni, oilalarimizni va mamlakatimizni himoya qilish uchun harakat qilmoqdamiz”, — dedi prezident.

 

Shuningdek, u mamlakatda yashayotgan xorijiy fuqarolarning jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasini ham yuqori baholadi.

 

Avvalroq, 7-mart kuni kechqurun Dubay shahridagi Marina Tower turar-joy binosiga dron zarbasi berilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Rasmiylar hodisa yuzasidan hozircha batafsil izoh bermagan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Dubayning Al Barsha tumanida havo mudofaasi tomonidan tutib qolingan obyekt parchalarining avtomobil ustiga qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

BAA prezidenti mamlakat “urush holatida” ekanini e’lon qildi | Zamon.uz