Jahon

Eron yangi Oliy Rahbarini tanladi, ammo ommaga e’lon qilingani yo'q

Qaror aniq bo‘lsa-da, e’lon qilish mas’uliyati Kengash kotibiga bog‘liq.

Eron yangi Oliy Rahbarini tanladi, ammo ommaga e’lon qilingani yo'q

Eronning Oliy Rahbarini tayinlash mas’uliyati bo‘lgan Ekspertlar Kengashi tanlov jarayonini yakunladi va yangi rahbar aniqlandi, deya xabar berdi Mehr axborot agentligi.

 

Kengash a’zosi Ahmad Alamolhoda shunday dedi:

"Rahbar saylandi va aniqlandi. Ekspertlar Kengashi qaror qabul qilmagani haqidagi mish-mishlar mutlaqo yolg‘ondir. Endi qarorni ommaga e’lon qilish Ekspertlar Kengashi kotibi, oyatulloh Husayniy Bushahriga bog‘liq."

 

Ekspertlar kengashi tarkibiga 88 nafar ulamo-huquqshunoslar kiradi. Ular 28-fevral kuni AQSh va Isroil zarbalari natijasida halok bo‘lgan oyatulloh Ali Xomanaiy o‘rniga yangi rahbarni tanlash vazifasini bajargan.

 

Eronning yangi Oliy Rahbarini tanlashi mamlakatning Amerika va Isroil tajovuziga qarshi barqaror turishi nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Oliy rahbar lavozimiga asosiy nomzodlardan biri Ali Xomanaiyning 56 yoshli o‘g‘li Mojtaba Xomanaiy hisoblanadi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.