O'zbekiston

Samarqandda Zulfiya mukofotini olgan shoiraga uy sovgʻa qilindi

Sovgʻa prezident topshirigʻiga asosan berilgan.

Samarqandda Zulfiya mukofotini olgan shoiraga uy sovgʻa qilindi

O‘zbekiston Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatning bir guruh faol va tashabbuskor xotin-qizlari nufuzli mukofot bilan taqdirlandi.

 

Mukofot sovrindorlari orasida Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi iqtidorli shoira Latofat Amirova ham bor.

 

Yosh ijodkorning iste’dodi va ijodiy yutuqlari yuqori baholanib, Prezident topshirig‘iga asosan unga Samarqand shahrining Qorasuv massividan ikki xonali, barcha zarur sharoitlarga ega hamda mebellar bilan jihozlangan uy topshirildi.

 

Uy kalitini topshirish marosimida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev ishtirok etdi. Tadbir davomida viloyat rahbari yosh shoirani erishgan yutuqlari bilan samimiy qutlab, unga oilaviy xotirjamlik hamda kelgusidagi ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

 

Ta’kidlanishicha, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti mamlakatda iqtidorli, faol va tashabbuskor qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalaridagi yutuqlarini rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.