Jahon

Buyuk Britaniyaning ikki kunlik gaz zaxirasi qoldi

Energiya bozoridagi uzilishlar sabab London gazni yuqori narxlarda sotib olishga majbur bo‘lmoqda.

Buyuk Britaniyaning ikki kunlik gaz zaxirasi qoldi

Buyuk Britaniyada gaz zaxiralari keskin kamaygani ma’lum qilindi. Bu haqda National Gas ma’lumotlariga tayanib Daily Mail nashri xabar berdi.

 

Operator ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya gaz omborlarida hozirda taxminan 6700–7000 gigavatt-soat gaz qolgan. Bu ko‘rsatkich bir yil avvalgi zaxiralardan ancha past bo‘lib, mamlakatning ichki ehtiyojini atigi bir yarim-ikki kun davomida qoplashga yetishi mumkin.

 

Nashrning yozishicha, mavjud vaziyat sabab London gazni xalqaro treyderlardan yuqori narxlarda sotib olishga majbur bo‘lmoqda. Hozirda Buyuk Britaniya Yevropada tabiiy gaz uchun eng yuqori ulgurji narx to‘layotgan davlatlardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, bir qator Yevropa mamlakatlari bir necha haftalik gaz zaxirasiga ega bo‘lgani sababli ta’minotdagi uzilishlarga tayyor.

 

Energetika bozoridagi vaziyatga doir fikr bildirgan Aleksandar Vuchich Yevropa Rossiya neftidan voz kechish qarori uchun yuqori narx to‘layotganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya neftini Osiyo, Afrika va Amerika davlatlari sotib olayotgan bir paytda Yevropa siyosiy sabablar bilan undan voz kechmoqda.

 

Shu bilan birga, The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat fonida Yevropa davlatlari Rossiya bilan energetika aloqalarini tiklash masalasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Tahlilchilarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda ayrim energiya tankerlari Yevropa yo‘nalishidan voz kechib, Osiyo bozorlariga yo‘naltirilgan.

 

Avvalroq Vladimir Putin ham Rossiya uchun Yevropa bozoriga gaz yetkazib berishni to‘xtatib, boshqa rivojlanayotgan bozorlar bilan hamkorlikni kengaytirish iqtisodiy jihatdan foydaliroq bo‘lishi mumkinligini bildirgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Buyuk Britaniyaning ikki kunlik gaz zaxirasi qoldi | Zamon.uz