Jahon

Eronning yangi Oliy rahbari AQSh roziligisiz uzoq vaqt qolmaydi — Tramp

AQSh prezidenti Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligini ham ta’kidladi.

Eronning yangi Oliy rahbari AQSh roziligisiz uzoq vaqt qolmaydi — Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning keyingi Oliy rahbari masalasida bayonot berdi. U ABC News telekanaliga bergan intervyusida Eron rahbari Vashingtonni rozi qilishi kerakligini ta’kidlagan.

 

“U bizning roziligimizni olishi kerak bo‘ladi. Agar bunday bo‘lmasa, u uzoq vaqt hokimiyatda qolmaydi. Biz bu masalani har 10 yilda qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lishni istamaymiz”, — dedi Tramp.

 

AQSh prezidenti Eronning yadroviy dasturi Vashington uchun asosiy masalalardan biri ekanini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi va bu boradagi xavfsizlik choralarini qat’iy nazorat qiladi. Tramp, shuningdek, zarurat tug‘ilsa, uran bilan bog‘liq vaziyatni nazorat qilish uchun Eron hududiga maxsus kuchlar yuborish ehtimolini ham istisno etmagan.

 

Amerika yetakchisi shu bilan birga, agar Eron tomonidan maqbul nomzod tanlansa, u Tehron rejimi bilan aloqador bo‘lgan ayrim nomzodlarni ham ma’qullashi mumkinligini aytgan. “Agar bu yaxshi rahbarni tanlashga olib keladigan bo‘lsa, buni qilishim mumkin. Bu talabga javob beradigan bir nechta odam bor”, — degan u.

 

Trampning fikricha, Eron mintaqadagi ta’sirini kengaytirishga harakat qilmoqda. U Tehron “butun Yaqin Sharqni egallashni rejalashtirganini” aytib, AQSh va Isroil tomonidan amalga oshirilgan harbiy operatsiyalar bunday rejalarni to‘xtatishga xizmat qilganini ta’kidladi. Shu bilan birga, u harbiy operatsiyalar qancha davom etishi haqida aniq muddat ayta olmasligini, biroq AQSh harbiylari “rejadagidan tezroq harakat qilayotganini” bildirgan.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

custom img

Ikki mahbus sabab mojaro: Janubiy Koreya Ukrainadan uzr talab qildi

Prezident Li Chje Myon Kiyev uzr so‘ramasa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"