O'zbekiston

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nufuzli xalqaro Condé Nast Traveler nashrida e’tirof etildi

Jurnal tomonidan e’lon qilingan yangi reytingda Toshkent shahri va Islom sivilizatsiyasi markazi iyun oyida sayohat qilish uchun tavsiya etilgan yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nufuzli xalqaro Condé Nast Traveler nashrida e’tirof etildi

Toshkent shahri va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi dunyoning yetakchi sayohat jurnallaridan biri — Condé Nast Traveler tomonidan e’lon qilingan “The Best Places to Visit in June, From Route 66 to Uzbekistan” (“Iyun oyida sayohat qilish uchun eng yaxshi manzillar: Route 66 dan O‘zbekistongacha”) nomli materialida iyun oyida tashrif buyurish tavsiya etilgan eng yaxshi yo‘nalishlar qatoriga kiritildi.

 

Nashrda ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyoning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Toshkent o‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida turli sivilizatsiyalar ta’sirida shakllangan noyob madaniy muhitga ega. Buyuk Ipak yo‘li davri, arab sulolalari va keyingi tarixiy bosqichlarning madaniy izlari bugungi kunda ham shahar me’morchiligi va madaniy qiyofasida yaqqol namoyon bo‘lib turibdi. Ipak yo‘li davriga oid ko‘k gumbazli yodgorliklardan tortib sovet modernizmi uslubidagi me’moriy inshootlargacha bo‘lgan rang-barang manzaralar shahar tarixiy qatlamlarining uyg‘unligini aks ettiradi.

 

Maqolada, ayniqsa, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga alohida e’tibor qaratilgan. Ta’kidlanishicha, ushbu yirik madaniy-ma’rifiy majmua islom madaniyati, ilm-fani va ma’naviy merosi tarixiga bag‘ishlangan muzey, ko‘rgazma va ta’lim maydonlarini o‘z ichiga oladi. Mualliflar fikriga ko‘ra, mazkur markazning barpo etilishi O‘zbekistonning jahon madaniy makonidagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbusdir.

 

Shuningdek, nashr Toshkentda zamonaviy madaniy muhitning jadal rivojlanayotganiga ham e’tibor qaratadi. Jumladan, Zamonaviy san’at markazining ochilishi hamda poytaxtning tarixiy mahallalarida xalqaro badiiy rezidensiyalarning paydo bo‘layotgani qayd etiladi.

 

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida avval ham Smithsonian Magazine, BBC Travel, BBC History va National Geographic kabi nufuzli xalqaro nashrlarda maqolalar e’lon qilingan. Ushbu materiallarda markaz jahon miqyosidagi yirik muzey tashabbuslari — Los-Anjelesdagi Lucas Museum of Narrative Art, Vashingtondagi National Geographic Museum of Exploration hamda Londondagi London Museum kabi muassasalar bilan bir qatorda tilga olinmoqda.

 

Toshkent shahri va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining nufuzli xalqaro jurnal tomonidan tavsiya etilgan sayohat yo‘nalishlari ro‘yxatiga kiritilishi jahon hamjamiyatining O‘zbekistonning boy madaniy merosi va sayyohlik salohiyatiga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi. Bu e’tirof mamlakatning Markaziy Osiyodagi muhim madaniy va turistik markaz sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Ma’lumot uchun, Condé Nast Traveler sayohat va madaniyatga ixtisoslashgan eng nufuzli xalqaro nashrlardan biri bo‘lib, 1987-yilda AQShda tashkil etilgan. Jurnal Condé Nast media xoldingi tarkibiga kiradi. Ushbu xolding Vogue, The New Yorker va GQ kabi mashhur jurnallarni ham nashr etadi. Nashrning global oylik auditoriyasi 16 milliondan ortiq o‘quvchini tashkil etadi va u jahon turizm industriyasi uchun muhim yo‘naltiruvchi manbalardan biri hisoblanadi. 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nufuzli xalqaro Condé Nast Traveler nashrida e’tirof etildi | Zamon.uz