Jahon

Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

Kadastr xodimi yer uchun kadastr hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 2,5 ming dollar, soliq inspektori fermer masalasini sudda hal qilib berish evaziga 10 mln so‘m olayotganda qo‘lga olingan.

Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida kadastr xodimi hamda sobiq soliq inspektorining firibgarlik bilan bog‘liq noqonuniy harakatlari aniqlanib, ular qo‘lga olindi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Davlat kadastrlari palatasining Pastdarg‘om tumani filialida faoliyat yurituvchi kadastr muhandisi noqonuniy ravishda pul olgan vaqtida ushlandi.

 

Aniqlanishicha, u o‘zining vakolatli tanishlari orqali mahalliy fuqaroga tegishli 2 sotix yer maydonining kadastr pasportini davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berish evaziga 2,5 ming AQSh dollari talab qilgan va pulni olgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoq qo‘llanilgan.

 

Shuningdek, Surxondaryoda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida Davlat soliq qo‘mitasining Sherobod tumani davlat soliq inspeksiyasining sobiq bosh inspektori qo‘lga olingan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, u viloyat iqtisodiy sudida ko‘rib chiqilayotgan ish doirasida bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligiga nisbatan egalik huquqini tiklab berish evaziga 10 million so‘m talab qilib, pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan ham Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

custom img

Afg‘onistonda qizning 12 yoshida turmushga chiqishi qonuniylashtirildi

Tolibon voyaga yetmaganlar o'rtasidagi nikohni tan oladigan yangi oilaviy qonunni qabul qildi.

custom img

Qozog‘istonda Markaziy Osiyodagi ilk uchuvchi taksi sinovdan o‘tkazildi

Namoyish etilgan model soatiga 200 kilometrgacha tezlikka erisha oladi va 200 kilometrgacha masofani bosib o‘tishga qodir.

custom img

Putin Xitoyga rasmiy tashrif bilan bordi

Tashrif davomida bir qator sohalarda hamkorlikni qamrab oladigan qariyb 40 ta hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.

custom img

Turklar Erondan ham yomonroq ahvolga tushadi — Isroil madaniyat vaziri

Miki Zohar “Turkiyaga dushman davlat sifatida muomala qilishni boshlash lozim” degan mazmundagi fikrni ham ilgari surgan.

custom img

Rossiya tarixchilari Qirg‘iziston darsliklaridan “mustamlakachilik” atamasini olib tashlashni so‘radi

Qirg‘izistonlik tarixchilar esa tarixiy jarayonlarni inkor etmaslik zarurligini bildirdi.

custom img

Erdog‘an Isroilning G‘azoga yordam olib ketayotgan flotiliyaga hujumini qoraladi

Isroil kuchlari G‘azaga yo‘l olgan kamida ikki kemaga qarata o‘q uzgan. Flotiliyaning 44 ta kemasini to‘xtatgan.

custom img

Ebola epidemiyasi oqibatida halok boʻlganlar soni 131 nafarga yetdi

Dunyo bo'ylab Ebola bilan kasallanishning 500 dan ortiq gumon qilingan holati qayd etilgan.

custom img

Qirg‘iziston tarixiy adolat tiklanishiga umid qilmoqda — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti davlat rahbarlarini mamlakat nomzodini BMT Xavfsizlik Kengashi a’zoligiga qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"