Jahon

Saudiya Arabistonida turar-joy binosiga snaryad tushdi: halok bo‘lganlar bor

Qurbonlar Bangladesh va Hindiston fuqarolari ekani ma’lum qilindi.

Saudiya Arabistonida turar-joy binosiga snaryad tushdi: halok bo‘lganlar bor

Saudiya Arabistonida turar-joy binosiga snaryad kelib tushishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana 12 kishi jarohat oldi. Bu haqda qirollik Fuqarolik mudofaasi xizmati ma’lum qildi.

 

Hodisa poytaxt Ar-Riyodning janubi-sharqida joylashgan Al-Xarj viloyatida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, texnik xizmat ko‘rsatish va tozalash kompaniyasiga tegishli turar-joy uyiga snaryad kelib tushgan.

 

Rasmiylarning bildirishicha, halok bo‘lganlar hamda jarohatlanganlar Bangladesh va Hindiston fuqarolari bo'lgan. Ular ushbu binoda ishlash uchun kelgan xorijlik ishchilar sifatida yashab kelgan.

 

Fuqarolik mudofaasi xizmati ijtimoiy tarmoqlarda qutqaruv ishlari davom etayotganini, qurbonlar soni aniqlashtirilayotganini ma’lum qildi. Rasmiylar hudud aholisi va yaqin atrofdagilarni ehtiyot choralarini ko‘rishga hamda shikastlangan binolarga yaqinlashmaslikka chaqirdi.

 

Avvalroq Saudiya Arabistoni havo mudofaasi tizimlari Al-Xarj hududi ustida uchayotgan qanotli raketani tutib olgani haqida ham xabar berilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, raketa Saudiya Arabistoni hududidan uchirilgan bo‘lib, havo mudofaasi kuchlari tomonidan zararsizlantirilgan.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

custom img

Ikki mahbus sabab mojaro: Janubiy Koreya Ukrainadan uzr talab qildi

Prezident Li Chje Myon Kiyev uzr so‘ramasa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"