O'zbekiston

Toshkentda voyaga yetmagan o‘g‘illariga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi

Hujjatsiz avtomobil boshqargan bolalar sabab qo‘shnilar ularning otasi bilan gaplashmoqchi bo‘lgan, ammo erkak ular bilan janjallashib, haqorat qilgan.

Toshkentda voyaga yetmagan o‘g‘illariga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak qo‘shnilari bilan tortishib, ulardan birini haqorat qilgani aks etgan video tarqaldi. Videodagi izohlarga ko‘ra, erkakning voyaga yetmagan o‘g‘illari — Hasan va Husan avtomobilni bir necha bor hujjatlarsiz boshqargani aytilgan.

 

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ular mahalla hududida ham avtomobilni yuqori tezlikda haydagan.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, 7-mart kuni soat 21:00 atrofida qo‘shni fuqarolardan biri vaziyatni tinch yo‘l bilan muhokama qilish va bolalarga tanbeh berishni so‘rash maqsadida fuqaro Nozim Azizovning uyiga borgan.

 

Biroq, ma’lum qilinishicha, ota farzandlarini to‘xtatish o‘rniga ularni himoya qilgan. Guvohlarning aytishicha, u qo‘shni ayolni haqorat qilib, baland ovozda baqirgan va mahalla aholisining tinchligini buzgan.

 

Mahalladagi kelishmovchilik yuzasidan 102 qisqa raqamiga murojaat qilingan. Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar xodimlari tomonlarni bo‘limga olib borib, holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib borgan.

 

Sudning 8-mart kuni qabul qilingan qaroriga ko‘ra, 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro Nozim Azizovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi asosida 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.